So’nggi yangiliklar

22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4

Ro'ziqul Berdiev: "O'zimizga kerakli o'yinchilarni olib qolamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'zimizga kerakli o'yinchilarni olib qolamiz"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi va o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Ro'ziqul Beridev – Bugun AGMK bizga nisbatan yaxshiroq o'ynadi. Standart vaziyatlardan unumli foydalandi. Ikkinchi goldan keyin o'yin taqdiri hal bo'lgan edi. Albatta oxirigacha kurash olib bordik, ammo hisobni o'zimizning foydamizga o'zgartira olmadik. Bu g'alaba bilan “AGMK” jamoasini tabriklayman.

Keyingi o'yinlarda jamoamizdan ochiqchasiga omad ham yuz ugirmoqda. Yaxshi o'yin namoyish etayapmiz, lekin gol urishda oqsayapmiz. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda futbolchilarimizda sovuqqonlik etishmayapti.

Hamrobekovni zaxiradan tushirayotganimizga sabab, u keyingi vaqtlarda oxirgi imkoni bilan o'ynayapti. Bobir Abduxoliqov esa biz kutgan o'yinni namoyish eta olmayapti. Jahongir Aliev o'tgan “Buxoro” bilan bo'lgan o'yinda yaxshi harakat qildi. SHuning uchun bugun uni o'yin boshidan maydonga tushirdik.

Keyingi paytlarda jamoamiz haqida haddan oshiq gap-so'zlar ko'payib ketdi. Tarqatilgan xabarlar orqali o'yinchilarimizni u yoqdan bu yoqqa o'zlaricha transfer qilishayapti. Biz bunga etibor qaratganimiz yo'q. Bular hech qanday asosga ega emas. Murabbiy sifatida hozirgi bor etiborim vaziyatdan chiqishga qaratilgan. Bu haqda ko'p bosh qotirayapmiz. SHaxsan men haqimdagi gap ham hech qanday asosga ega emas. Yana takror aytaman, biz hozir bor etiborimizni yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketishga qaratganmiz. Bizni klub bilan amaldagi shartnomamiz bor, shunday ekan og'ir vaziyatdan chiqib ketishga masulmiz. O'zimning ham bor fikru-xayolim hozir “Nasaf” bilan, bunaqa mish-mishlarga etibor berayotganim yo'q. Hozir o'zimizga kerakli o'yinchilarni olib qolishimiz kerak. To'g'ri, kimdir jamoamizni tark etishi mumkin. Bu faqat klub mablag'ini tejash uchun amalga oshirilishi mumkin. Ammo biz o'zimizga kerakli o'yinchilarni olib qolamiz. Internet nashrlarida chiqayotgan xabarlar asossiz.


Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика