Ro'ziqul Berdiev: “O'zbekiston Kubogi uchun kurash qizg'in kechadi”
05 avg 2019 07:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/510517_original.jpg)
![](/upload/storage/510517_220.jpg)
Ro'ziqul Berdiev: “O'zbekiston Kubogi uchun kurash qizg'in kechadi”
O'zbekiston Kubogi 1/8 Final uchrashuvidan o'rin olgan “Nasaf” – “Andijon” bellashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bugungi bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik. Keyingi etapga chiqqanimiz bilan muxlislarimizni tabriklayman. Muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular bizni har qanday vaziyatda ham qo'llab-quvvatlashmoqda. Bugungi bellashuv bizning ustunligimizda o'tdi. Yigitlar shoshilmasdan xotirjamlik bilan harakat qilishdi.
Bugungi bahs bitta o'yindan iboratligi yigitlardan hujumdan tashqari himoyada ham tartibli o'ynashni talab qilardi. Ular buni uddalashdi. Agar bugun shoshma-shosharlikka yo'l qo'yganimizda bizga ham qiyin bo'lardi. Futbolchilarimizning xotirjamlik bilan tartibli futbol namoyish qilganliklari uchun ishonchli g'alabaga erishdik. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar