So’nggi yangiliklar

01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1

Ro'ziqul Berdiev: "O'ylaymanki bu yutuq klub rahbariyati tomonidan munosib rag'batlantiriladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'ylaymanki bu yutuq klub rahbariyati tomonidan munosib rag'batlantiriladi"

Coca Cola Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Tan olish kerak, "Paxtakor" boshqa raqiblarga nisbatan bir kalla baland bo'lgani sababli ikkinchi o'rin uchun kurash qizg'in kechishi kutilgandi. CHunki bu o'rin uchun kurashadigan jamoalar soni ko'p edi. Yakunda biz kumush medal sohibiga aylandik va albatta bundan xursandmiz. O'ylaymanki bu yutuq rahbariyatimiz tomonidan munosib rag'batlantiriladi.

"Bunyodkor" to'p bilan yaxshi muomala qiladigan jamoa. SHuning uchun bugun to'pni ularga bergan holda qarshi hujumda o'ynadik. Standart vaziyatlar o'yin taqdirini hal qilish ehtimoli yuqori edi. Yakunda shunday ham bo'ldi. Marko jarima to'pini golga aylantirib, juda kerakli g'alabani taqdim qildi.

Agar yosh jamoani shakllantirmoqchi bo'lsangiz 1-2 yil vaqt kerak bo'ladi. Agar kuchli va tajribali futbolchilar bo'lsa kamroq vaqt ham etadi.

Abramovga qarshi oxirgi to'rtta o'yinda yutqazmadik? Har bir raqibga munosib tayyorgarlik ko'ramiz. Alohida tayyorgarlik degan narsa yo'q.

Tarkibni ko'p futbolchilar tark etsa yangi jamoa qurish juda ham qiyin bo'ladi. Bu narsani murabbiy sifatida qabul qilish ham menga og'ir bo'ladi. Agar hozirgi etakchilar ham ketadigan bo'lsa "Nasaf" yaqin yillarda o'z oldiga yuqori vazifalarni qo'ymasa kerak deb o'ylayman.

Marko Stanoevich "yangi CHeran" emas, lekin yuqori darajadagi futbolchi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика