So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  22 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Ro'ziqul Berdiev: O'yinimizni oladigan bo'lsak medallar uchun kurashishga loyiqmiz Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: O'yinimizni oladigan bo'lsak medallar uchun kurashishga loyiqmiz

Navbahor - Nasaf uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bugun ikki jamoa ham yaxshi saviyadagi o'yin ko'rsatdi. Bellashuv keskin kurashlarga boy bo'ldi, Bugun kimdir mag'lubiyatga uchraganda bu o'sha jamoa uchun alamli mag'lubiyat bo'lardi. Bugungi during natija adolatli bo'ldi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgandi. Ammo tomonlar yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadi. Bu esa o'z o'rni ikki jamoa uchun ham muammoga aylandi. O'z o'yinimiz haqida gapiradigan bo'lsa biz to'pni nazorat qilishdi ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Bugungi bahsda asosiy rejamiz to'pni ko'proq nazorat qilish edi. Ammo to'p nazoratida shoshma-shosharlikka yo'l qo'ydik va buning oqibatida ko'p to'p yo'qotishlar yuzaga keldi. Biz g'alabaga yaqin edik. Buning uchun birinchi bo'limda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak edi. «Navbahor» jamoasini o'rganganimizda bilardikki ular standart vaziyatlardan unumli foydalanishadi va bunday vaziyatlarni kutib turishadi. Futbolchilarimizni qo'polliklari evaziga ular standart vaziyatlarga ega bo'lishdi va xavfli vaziyatlar yarata olishdi. Mening fikrimcha ikkala jamoa ham bugun mag'lub bo'lishga loyiq emasdi. Natija adolatli bo'ldi.” – deydi Ro'ziqul Berdiev.

- So'ngi besh yilgi natijalarga ko'ra nima deya olasiz? Bugungi o'yinga jamoangizning etakchi o'yinchilarini zaxiradan maydonga tushirishingizga nima sabab bo'ldi?


- «Navbahor» jamoasini ham hurmat qilish kerak. Bu jamoa biz uchun noqulay raqib desak bu ozgina noto'g'ri bo'ladi. Tan olish kerak Namanganda futbolni har doim sevishgan, futbolga etibor bo'lgan va yaxshi jamoa shakllangan. «Navbahor» jamoasi bilan ko'p during qayd etilayotganini tasodif deb o'ylayman. CHunki ikkita jamoa ham har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushmoqda. Agar birinchi davradagi o'yinni eslasak biz mag'lubiyatga uchrab turgan vaziyatda durangga erishgan edik. Bugun ham ikkala jamoa faqat g'alaba uchun harakat qildi. Yaxshi vaziyatlar yaratildi. Qaerdadir darvozabonlar yaxshi harakat qilishdi. Qaerdadir hujumchilarga sovuqqonlik etishmadi.

- Etakchi futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsam, ularni maydonga tushirmadikmi demak bunga etarli asoslar bor. Bozorov o'tgan turda maydonga tushishi kerak edi ammo uchrashuv boshlanishidan avval o'ynay olmasligini bildirgandi va uning o'rniga Norchaevni maydonga tushirgan edik. Oybek Bozorov «Andijon» jamoasi bilan bo'lgan o'yinda jarohat olgan edi. SHuning uchun bugun tavakkal qilmadik va uni zaxiradan maydonga tushirdik. Stanoevichning ham maydonga tushmaganligiga o'z sabablari bor. Oxirgi uch kunda u biz bilan kamroq mashg'ulotlarda qatnashdi. Oshqozoni bezovta qilayotganligi sababli uning ham holati yaxshi emasdi. SHu tufayli ular bugun zaxiradan maydonga tushishdi.

- Sizningcha jamoangiz bu yilgi chempionatda medallar uchun kurasha oladimi?


- Agar o'yinimizni oladigan bo'lsak biz munosibmiz. Bunga o'zlaring guvohi bo'lyapsizlar. O'yinning mazmuni yoki sifati bo'yicha boshqa jamoalardan qolishayotgani yo'q, lekin buni vaqt ko'rsatadi. Hali oldidan o'yinlar ko'p. Maqsadimiz ham medallar uchun kurashish. Barcha jamoalar bilan o'ynab chiqdik. Qaysidir jamoalar bilan bir martdan, qaysidirlari bilan esa ikki martdan o'ynashga ulgurdik. Har bir jamoa bilan o'ynashga qodirmiz. Biz medallar uchun kurashamiz.

- Nima deb o'ylaysiz bugun jamoangiz ikki ochko yo'qotdimi?


- Yuqorida ham aytib o'tdim. Bugun ikkala jamoa ham mag'lub bo'lishga xaqili emasdi. Durang adolatli bo'ldi. Agar biz birinchi bo'limdagi vaziyatlarni golga aylantirganimizda biz g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Aksincha ikkinchi bo'limda «Navbahor» jamoasi vaziyatlarni golga aylantirsa mezbonlar g'alaba qozonar edi. Albatta, men Murabbiy sifatida ikki ochko yo'qotdim deyishim mumkin. Biz medallar uchun kurashmoqchi bo'lsak bizga uch ochko kerak edi. Lekin bugun g'alabaga munosib, raqibdan ustun o'yin namoyish etmadik. SHu sababli bugungi natija adolatli bo'ldi.

- Bizga etib kelgan malumotlarga qaraganda «Nasaf» jamoasi besh oydan buyon maosh olmayotgan ekan. Bunday vaziyatda jamoani ruhiy tayyorlash qanday kechmoqda? Bu sizga qanchalik murakkablik tug'dirmoqda? Moliyaviy masalalarga qanday izoh berasiz?


- Bu masala ko'rib chiqildi. Rahbariyat bilan bu masalada uchrashdik. Qarzdorlik mavjud. Lekin avval ham aytib o'tganimdek biz maydonga chiqqanimizdan so'ng kurashayapmiz. Yigitlarga ham bu narsalarga kamroq etibor berishlarini takidlaymiz. Ruhiy tarafdan tayyorlanishga ko'proq urg'u beramiz. Yana bir tarafi borki, bizning futbolchilarning ko'pi hali yosh. Ular hali rivojlanishlari kerak. Bu omillar ularni o'ylantirishi kerak emas. Futbolchilarimiz ham buni tushunib harakat qilishmoqda. Avval ham aytib o'tgandim, biz homiylarimizga ishonamiz. Kecha viloyat hokimi bilan ham uchrashdik. U kishi hamma vaziyatdan xabardor. Jamoamiz viloyat hokimining etiborida. Har bir o'yinimizdan so'ng tabriklab o'z maslahatlari bilan o'rtoqlashadilar.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика