So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  1 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Ro'ziqul Berdiev: “O'yin amaliyoti kamligi ham mag'lubiyatimizga o'z tasirini ko'rsatdi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “O'yin amaliyoti kamligi ham mag'lubiyatimizga o'z tasirini ko'rsatdi”

“Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvi yakunida, uchrashuv yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'ldi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi va jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

- Avvalo “Persepolis” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun guruhimizdagi kuchli raqib bilan kuch sinashdik. Kuchli raqib bilan bo'lgan uchrashuvlarda diqqatni yo'qotish og'ir oqibatlarga olib keladi. Biz birinchi golni o'tkazgan vaziyatda ana shunday diqqatimizni yo'qotdik. Aslida futboldagi birinchi gol katta ahamiyatga ega. Biz deyarli yangi tarkib bilan o'ynayapmiz, shuningdek tarkibimizda yosh futbolchilar ham ko'p. Bu futbolchilarimizda bugun hayajon ham ko'p bo'ldi.

“Persepolis” kuchli jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar to'p tepishadi. O'ylaymanki ular bu yilgi OCHLda ham uzoqroq borishadi.

Bizda hali milliy chempionatimiz boshlangani yo'q. Biz endi yangi mavsumdagi ikkinchi rasmiy uchrashuvni o'tkazdik. O'yin amaliyoti kamligi ham bugungi mag'lubiyatimizga o'z tasirini ko'rsatdi.

“Persepolis” klubida ajoyib hujumchilar bor, bunday hujumchilarga qarshi o'ynaganda juda ehtiyot bo'lish kerak. Bu futbolchilar bugungi uchrashuvda ham o'zlarini ko'rsatishdi, - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика