So’nggi yangiliklar

22:02Нидерландия клуби футболчилари жамоасини қутқариш учун маошларидан воз кечишди  0 21:47Расман: "Бавария" футболчиси "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 21:25Веско Стешевич: "Гол, албатта, бир томоннинг маҳорати ва иккинчи томоннинг хатоси эвазига юзага келади"  6 21:10Суперлига. ОКМК — "Насаф" 3:4. Highlights  1 21:00Суперлига. ОКМК ва "Насаф" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди, "аждарлар" пешқадамлар сафига қўшилишди  64 20:46Максим Шацких: "Қўлда валидол ушлаб томоша қиладиган ўйин бўлди"  11 20:27"Ал Иттиҳод" бош мураббийи "Бавария"да иш бошлаши мумкин  1 20:20Суперлига. "Пахтакор" — "Металлург" 4:3. Highlights  1 20:01Суперлига. 7 та гол урилган ўйинда "Пахтакор" "Металлург"дан устун келди  72 19:30"Байер" "Жирона" сардорига қизиқиш билдирмоқда  0 19:05"Гвардиола "Бавария"га қайтишни режалаштирмаяпти"  3 17:54Беллингем ва Зидан "Реал"га "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олишни маслаҳат беришмоқда  10 17:30"Арсенал"нинг икки футболчиси ҳам Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 16:56Дензел Думфрис "Манчестер Юнайтед"га ўтишни истамоқда  6 16:30Лондоннинг икки клуби Тоунини сотиб олмоқчи  0

"Ro'ziqul Berdiev OFK kubogida qanday o'ynashni yaxshi biladi. "Al Muharraq"ning ustunligi..." - SHohruh Gadoev Yangiliklar

"Ro'ziqul Berdiev OFK kubogida qanday o'ynashni yaxshi biladi. "Al Muharraq"ning ustunligi..." - SHohruh Gadoev

Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun OFK kubogi finalida Bahraynda "Al Muharraq" klubiga qarshi to'p tepadi.

Garchi ushbu jamoa o'zbek klublariga qarshi avval maydonga chiqmagan bo'lsada, biz uchun notanish emas. 2016 yilgi mavsumda hamyurtimiz SHohruh Gadoev bir davra bahraynliklar sharafini himoya qilgan edi. Qaysidir manoda bu jamoa haqida ozmi ko'pmi malumotga ega. SHu bois final uchrashuvi avvalida SHohruh Gadoevning fikrlari bilan qiziqdik. 

Raqib "Al Muharraq" haqida

"2016 yil qisqa vaqt davomida to'p tepganman. O'shanda ham jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgandi. OFK kubogida g'olib chiqish vazifa etib belgilangandi. Esimda, musobaqaning yarim finaliga qadar etib borgan edik. Final yo'llanmasi uchun kechgan jangda Iordaniya klubiga engilganmiz. "Al Muharraq" safidagi ko'p futbolchilar Bahrayn terma jamoasiga chaqirilardi. Oradan vaqt o'tib yoshartirish maqsadida tarkibda o'zgarishlar qilgan ekan. SHartnomasi yakunlangan futbolchilarga javob berib yuborilgan. Hozirda men taniydigan uzog'i besh nafar o'yinchi qolgan",- deydi "Nasaf"ning sobiq to'p tepari.

2016 yil jamoada qisqa vaqt o'ynashiga nima sabab bo'lgan? SHohruh Gadoev quyidagicha javob berdi. 

"Al Muharraq" meni OFK kubogida g'alaba qozonish uchun taklif qilgandi. Yarim finalda to'xtaganimizdan so'nsh shartnomam yakuniga etdi. Natijada ikkinchi davrada "Bunyodkor"ga kelib qo'shildim",- deydi SHohruh Gadoev.

Mezbonlar o'z maydonida qanday o'ynaydi?

"Ayni paytda jamoani Isa Sadun Al Hamdani boshqarmoqda. Men to'p tepgan paytda ham ushbu murabbiy faoliyat olib borardi. Finalga chiqa olmaganimizdan so'ng murabbiyga ham javob berib yuborilgan. "Al Muharraq" o'z maydonida yaxshi o'ynaydi. Himoyada ancha tartibli harakat qila oladi. Menimcha ularning asosiy ustunligi o'z maydonida o'ynayotganligida",- deydi futbolchi. 

"Nasaf" jamoasining imkoniyatlari va Ro'ziqul Berdiev

"Nasaf"ning musobaqada g'olib chiqish imkoniyatlari baland. CHunki Ro'ziqul Berdiev OFK kubogida qanday ishtirok etishni va raqibga qarshi o'ynashni biladilar",- deydi SHohruh Gadoev.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика