So’nggi yangiliklar

08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  8 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2

Ro'ziqul Berdiev: "OFK kubogida imkon qadar guruhdan chiqishimiz kerak" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "OFK kubogida imkon qadar guruhdan chiqishimiz kerak"

Superliganing oltinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" (6:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi





"Avvalo muxlislarimizni ishonchli g'alaba bilan tabriklayman. Mavsum startida ko'p ochkolar yo'qotgan edik. Ularning o'rnini to'ldirishimiz kerak edi. O'z o'yinimizni o'zgartirgan holda ochkolar to'plashimiz talab etilardi. Buning uddasidan chiqmoqdamiz. SHu kayfiyat va tempda davom etishimiz darkor. Jamoamizning o'yinini shakllatirishga va sifatida etibor qaratmoqdamiz. "Surxon" himoyadan o'ynab qarshilik ko'rsatishga urinishini bilar edik. SHuning uchun imkon qadar shoshilmasdan vaziyatlarimizni kutishimiz lozim edi. Birinchi golgacha raqib munosib qarshilik ko'rsata oldi. SHundan so'ng ikkinchi bo'limda o'yin tubdan o'zgarib ketdi. Ustunlik to'liq tomonimizga o'tdi",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Tanaffusda bergan ko'rsatmalaringizni futbolchilar qay darajada bajara olishdi?

Urib olgan gollarimiz bizga qo'l keldi. Raqib ham oldinga o'tishga intildi. SHuning uchun ularda bo'sh hududlar paydo bo'lishini, ulardan foydalanish kerakligini aytgandik. Buni amalda uddalay olishdi. 

- Oybek Bozorovning holati qanday?

Menimcha, bir haftalarda mashg'ulotlarga qaytadi. Oybekning bugun ishtirok etmagani, Suhrob Nurulloevda ham jarohat borligi sabab o'yin sxemamizni ham o'zgartirishga qaror qildik. Bunday sxemada ko'p o'yinlar o'tkazganmiz. CHunki tarkibimiz katta emas. Yo'qotishlar bo'lganida futbolchilarning joylashuvini o'zgartirishimizga to'g'ri keladi. 

- O'zbekiston kubogi guruh bosqichida asosiy favorit sifatida kimni ko'rsata olasiz?

O'ylaymanki, uchta Superliga jamoalarining imkoniyatlari balandroq. O'zimiz qatnashadigan har bir musobaqada maksimal darajada harakat qilamiz. Tarkibimiz katta bo'lmasada, uchta frontda kurashishimizga to'g'ri keladi. Imkon qadar yoshlarning tajribasini va o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishimiz lozim.

- OFK kubogi bahslariga tayyorgarlik qanday bo'lyapti?

CHempionat o'yinlari orqali tayyorlanamiz. OFK kubogi boshlanadigan pallada yaxshi holatda bo'lamiz. Tojikistondagi o'yin suniy maydonda o'tishi bizni o'ylantirmoqda. Bu bizga ozgina bo'lsada qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Lekin bu bahona bo'lmaydi. Imkon qadar guruhdan chiqishimiz kerak. Turkmanistonda chempionat davom etmoqda. Tojikistonda ikkita tur o'tdi. Musobaqaga qadar raqiblarni o'rganib chiqamiz.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика