So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Ro'ziqul Berdiev: "Navbahor" maydonida bir ochko yomon natija emas" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Navbahor" maydonida bir ochko yomon natija emas"

Coca Cola Superligasi doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bugungi o'yinning saviyasi va darajasi yuqori o'tdi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi tufayli o'yin anchagina jangovor o'tdi. O'yin davomida biz raqiblardan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lgandik. G'alabaga ham loyiq edik. Biroq bugun "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov anchagina ishonchli harakat qildi va 3-4ta ajoyib seyvlar namoyish qildi. Goldan keyin ham o'zimizga ishonib, durang uchun harakat qildik va maqsadimizga erishdik. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarimiz ham uchrashuv yakuniga qadar o'zlarining ajoyib xatti-harakatlari bilan ajralib turishdi. Biroq o'yinning kelib chiqishidan hisobga olsak, bahs durangga ham loyiq edi. "Navbahor" maydonidagi 1 ochko ham biz uchun katta natija. Umid qilamanki, shunday ajoyib o'yinimizni mavsum yakuniga qadar saqlab qola olamiz. SHuningdek, "Navbahor" muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. O'yin yakunida maydonni tark etayotganimizda ular bizni ajoyib tarzda kuzatib qo'yishdi. Bu juda ham yoqimli.

Bilasiz, biz uchun kerakli bo'lgan ko'plab futbolchilar jamoani tark etgandi. Yosh futbolchilar bilan qolgandan keyin klub rahbariyati bizga jamoani shakllantirish, ularga katta o'yin amaliyoti berib, ularni sayqallashni vazifa qilib bergandi. Ammo mavsum boshida kuchli o'yin ko'rsatib turganimizdan keyin yuqori maqsadlarni ham ko'zlagandik. Yaxshi o'yin ko'rsata boshlagandik. Hozirgi bir ochko esa bizga oldimizdagi maqsadlarning bir qismini bajarishga bo'lgan imkoniyatni qoldiryapti.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика