So’nggi yangiliklar

18:39Суперлига. "Нефтчи" - "Шўртан". Таркиблар маълум  1 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 18:10"Реал Мадрид" — "Реал Сосьедад". Таркиблар маълум  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  2 17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  6 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  9 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  9 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  13 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1

Ro'ziqul Berdiev: "Natija yomon bo'lmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Natija yomon bo'lmadi"

"Paxtakor" - "Nasaf" o'rtasidagi o'yindan keyin mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

"Natija yomon bo'lmadi. "Paxtakor" maydonidan 1 ochko olish qoniqarli natija. Kamoliddin Tojievning goli rejalarimizni buzdi. Hisobni tenglashtirishga erishdi. Yigitlarga standart vaziyatlarda yaxshiroq o'ynash kerakligini aytgandim. Umuman olganda natija o'yinga mos bo'ldi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Nima uchun ikkinchi bo'limda pressingni markazda qilmadingiz?

- Biz pressing qilishni rejalashtirmagandik. Raqibga qarshi hujum tashkil etmaslik uchun shunday harkat qildik. Aslida biz pressing qilmoqchi emas edik.

- Ilhom SHomurodovning jarohati qay darajada jiddiy?

- Umid qilamizki uning jarohati og'ir bo'lmaydi. U jamoamizning asosiy hujumchisi. Ilhom maydonni tark etgach o'yinimiz biroz pasaydi. Bundan tashqari Bahrom Abdurahimov ham jarohat bilan maydonni tark etdi.

- Deyan Bolevich xato transfermi yoki unga hali imkon berasizmi?

- Yo'q shunchaki Saydullo Rahmatov uning o'rnida yaxshi o'ynamoqda. SHu bois uni zaxiraga o'tkazib qo'ya olmayman. Bolevich o'z imkoniyatini kutishga majbur.

- Ikkinchi o'yinda ham durangga erishib natijadan qoniqdim deyapsiz. Bu nimadan dalolat raqibdan qo'rqishmi?

- "Paxtakor" maydonida durang biz uchun yaxshi natija. "Al Jayish" bilan o'yinda omadimiz kelmadi. Bugun ko'p ham gol ura olmadik.

- championat.asia saytida chiqqan siz haqingizdagi maqolaga munosabatingiz?

- Bu maqolani o'qimadim. Lekin menga aytishicha bu maqolada tanqid yoki jamoani yomonlash emas boshqa narsa bor ekan. Qarshida OCHL o'yinlari xalqqa bayram sifatida bo'lmoqda. Bazi jamoalar hamon OCHLni orzu qilishmoqda. Biz 20 yil davomida orzu qilgan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdik.

- Bugungi qo'pol o'yinga qanday qaraysiz?

- Markaziy bahs shiddatli kechadi. SHaxsiy fikrim "Paxtakor" bugun u darajada qo'pol o'ynagani yo'q.

- 81-daqiqada raqib 10 kishi bo'lib qoldi. Lekin "Paxtakor" ko'proq hujum qildi.

- Xohlaysizmi xohlamaysizmi futbolchi o'yin oxirida charchab qolishadi. Futbolchilarga buni etkazish juda qiyin. Raqib hujum qilganida himoyalandik, to'p bizda bo'lganida hujumga o'tdik. So'nggi daqiqada bizda qulay imkoniyat bo'lgandi.

- Boydullaev va Rahmatullaev to'pni ko'p bor yon tomonga oshirishdi. Bunda ko'p xatolar bo'ldi. Futbolchilarga mashg'ulotlarda bu narsa o'rgatiladimi?

- Albatta futbolchilarga to'pni raqibga berib qo'yinglar demaymiz (kuladi). SHunchaki o'yindagi vaziyatdan kelib chiqib shunday bo'ldi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика