So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" Gevorkyanga bog'lanib qolmagandi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" Gevorkyanga bog'lanib qolmagandi"

Oliy liganing 18-tur doirasidagi "Obod" - "Nasaf" (0:3) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

- Bugun ishonchli g'alabaga erishdik. Takidlab o'tish joiz, "Obod" jamoasi yaxshi taassurot qoldirdi. Ularda ham gol urish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga kelgandi. Qisqa qilib aytganda, bugun tajriba va mahorat bobida ustunlik qildik. "Nasaf" saviya jihatdan "Obod"dan ustunligi ko'rindi. Aynan shuning evaziga g'alaba qozondik.

G'alaba va bugungi o'yin uchun futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman.

Jamoamiz tarkibida davralar oralig'ida bir qator o'zgarishlar bo'ldi. To'pni qabul Qilish va nazorat qilishda yaxshi o'ynash uchun jamoaga vaqt kerak, deb o'ylayman.
"SHo'rtan" va "Olmaliq" jamoalariga qarshi bahslarda ham to'pni nazorat qilish bobida texnik xatolarga yo'l qo'ygandik. Albatta bu kamchiliklar ustida ish olib boramiz. O'yinimizni yanada kuchaytirib bormog'imiz lozim. CHunki oldimizda jiddiy va kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar turibdi.

Krasich jismoniy jihatdan hali to'liq tayyor emasligi bois bugungi uchrashuvda boshqa futbolchini maydonga tushirdik.

Bo'sh o'yin? Jamoamiz tarkibida yangi futbolchilar paydo bo'ldi. Oxirgi to'rtta uchrashuvlardan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, faqatgina "SHo'rtan"ga qarshi bellashuvda jamoamiz o'z o'yinini ko'rsata olgandi. Qolgan bahslarda kamchiliklar ko'zga tashlangani bor gap.
Bugun bo'shroq o'ynaganimizga sabab sifatida "Obod"ning ham katta qarshiligini aytib o'tgan bo'lardim. Bu kamchiliklar ustida bosh qotiryapmiz va ishlashda davom etamiz.

"Nasaf" chiroyli va mazmunli futbol ko'rsatishi uchun ozgina vaqt kerak.
Gevorkyan? Yo'q, Arturning ketgani bilan jamoamizning o'yini bo'shashib qoldi, degan fikrga qo'shilmayman.

"Nasaf" jamoasida jamoaviy o'yin borligini barcha biladi. To'g'ri, Artur Gevorkyan jamoamiz etakchisi, sardori, barcha standart vaziyatlarini unga ishonib topshirardik. Lekin "Nasaf" Gevorkyanga bog'lanib qolmagandi.

MTJga jamoadan kimlarni tavsiya qilgan bo'lardim? Bu narsa mening vazifamga kirmaydi. Ishonchim komil, terma jamoa murabbiylar shtabi bizning futbolchilarni ham chuqur kuzatib borishmoqda. Ular bilan deyarli har doim aloqadamiz va ular futbolchilarning holati haqida bizdan so'rab turishadi.
Men milliy terma jamoalardagi barcha murabbiylarning qarorini to'g'ri qabul qilaman. Ular qaysi futbolchilar kerak bo'lsa yoki kim ularning o'yin uslubiga mos tushsa, o'shalarni jalb etishadi.

Bizning futbolchilar ham doimo tayyor bo'lishlari kerak va ularga ham albatta imkoniyat bo'ladi, deb o'ylayman.

SHahboz Erkinovning mahorati va o'yiniga shubhalanmaymiz.  Erkinovning o'yinini bilamiz va uning imkoniyatlari borasida tasavvurga egamiz. Erkinov ham jamoamizga yaqinda kelib qo'shildi va unga ham biroz vaqt kerak. SHahboz Erkinov hali bizga ko'p foydasi tegadi.

Keyingi turda "Paxtakor"ga qarshi duch kelamiz. Bu kabi katta afishali bellashuvlar oldidan jamoani alohida ruhiy taraflama tayyorlash ham shart emas. chunki ular uchrashuv qiymati va ahamiyati qay darajada ekanligini tushunishadi va bilishadi. Biz albatta ularga kerakli so'zlarni topib beramiz. Avvalo futbolchilarning o'zlari yuqori tayyorgarlikda bo'lishlari va o'z kuchlariga ishonmoqlari zarur. O'shandagina ko'zlangan maqsadga erishsa bo'ladi. Jamoamizning keyingi raqiblari chinakamiga jiddiy jamoalar bo'ladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика