Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" bilan hali ham shartnomani uzaytirganim yo'q"
27 fev 2019 14:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/479868_original.jpg)
![](/upload/storage/479868_220.jpg)
Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" bilan hali ham shartnomani uzaytirganim yo'q"
Ushbu intervyuda murabbiy klub bilan shartnomasi borasidagi savolga ham javob bergan.
- O'tgan yilgi chempionat tugagach sizga boshqa klublardan takliflar bo'layotgani va tez orada "Nasaf"dan ketishingiz haqida eshitgandik. CHindan ham klubdan ketmoqchi edingizmi? Voqealar rivoji qanday tus oldi?
- Qishda menga aniq takliflar bo'ldi. Ammo men birortasini ko'rib chiqqanim yo'q. SHunchaki o'zim "Nasaf" bilan ko'proq ishlashni istadim. Lekin hali ham "Nasaf" bilan shartnomani uzaytirganimiz yo'q.
- Nima uchun?
- Bu masala bo'yicha gaplashganmiz. Ammo haligacha rasman shartnomani uzaytirmadik. Bu masala nimaga cho'zilayotganiga o'zim ham xayronman. Lekin menga jiddiy takliflar bo'ldi. Ularga esa shunday javob berdim: qachonki "Nasaf"dan rasman ketadigan bo'lsam, shundagina takliflarni ko'rib chiqaman deb aytdim.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar