Ro'ziqul Berdiev muxlislar bilan o'zaro suhbatlashdi
22 iyu 2016 11:12
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev muxlislar bilan o'zaro suhbatlashdi
Uchrashuv boshlanishigacha bo'lgan vaqtdan unumli foydalangan muxlislarimiz, jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bilan birgalikda buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur bobomiz dafn etilgan - Guri Amir mavzoleyini ziyorat qilishdi. Buyuk bobomiz ruhiga fotihalar o'qildi.
Ziyorat nihoyasiga etkach muxlislar va Ro'ziqul Berdiev o'rtasida qizg'in suhbat bo'lib o'tdi. Muxlislar o'zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi. Suhbatdan muxlislarning ko'ngli to'ldi va ular jamoamiz murabbiyi orqali futbolchilarimizga omadlar tilashdi.
Albatta bu o'zaro hurmat - jamoa va muxlislar o'rtasidagi o'zaro hamjihatlik va ishonchning ortishiga xizmat ham qiladi.
SHuningdek ular birgalikda esdalik uchun rasmga ham tushishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar