So’nggi yangiliklar

08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  0 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  6 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Muhim g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Muhim g'alabaga erishdik"

Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Yutuq bilan barchani tabriklayman. Bizga nisbatan kuchsiz bo'lgan jamoalarning barchasi Qarshida himoyaviy o'yin ko'rsatib keladi. SHu uchun gol urishimiz biroz cho'zilib ketmoqda. Asosiysi bugun g'alaba erishdik. Bu yilgi chempionatimiz o'ylaymanki qiziqroq o'tadi. Jamoamiz bugun yaxshi harakat qilishdi. Biroq birgina etirozim, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytira olmadi. Uchrashuv so'nggi daqiqalarida tashabbusni raqibga berib qo'ydik. Ammo shunga qaramay g'alaba qozonganimiz va muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz", - deya "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashib o'tdi. 

- SHohruh Gadoev nega kam maydonda ko'rinmoqda. Unga ko'proq imkoniyat berishni iloji yo'qmi?

- Bu haqda juda ko'p savollar berilmoqda. Gadoev og'ir jarohatni boshidan o'tkazdi. Turkiyada o'tkazilgan yig'inlardagi nazorat bellashuvlarida unga ko'plab imkoniyatlar berdik. Antaliyada bo'lib o'tgan bir bahsda SHohruh o'zini juda yaxshi taraflama ko'rsata olgandi. O'shanda SHohruh tezda o'z sport formasini tiklab oladi deb o'ylagandim. Biroq keyinchalik yana uning o'yinida susayish paydo bo'ldi. Jamoa katta raqobat borligini ham unutmaslik kerak. Hammasi futbolchining o'ziga bog'liq. Biz barcha futbolchilarga, xususan Gadoev ham imkoniyat beramiz albatta. Lekin shuni takidlab o'tish kerakki, SHohruhda ruhiy taraflama biroz qurquv bor va u buni engib o'tishi kerak. Bir yil yashil maydondan uzoq bo'lgan futbolchining yana tezda tiklanib olishi oson kechmaydi va buning uchun vaqt talab etiladi.

- Bugungi boshlang'ich tarkibdagi bir qator o'zgarishlar nima bilan bog'liq?

- Sababi safimizda 20 nafar teng kuchli futbolchilar bor va biz ularning barchasiga imkon berishimiz kerak. Asosiy sabalaridan biri shu. Keyin bilasizlar, biz ikki frontda kurash olib boryapmiz. SHu bois har bir futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak.

- Eldor Suyunovni OCHLda, O'tkir Yusupovni chempionat o'yinlarida o'ynatish oldindan rejaga kiritilganmi yoki bu Suyunovning "Al Ahli" bilan bo'lgan o'yinidagi xatosi bilan bog'liqmi?

- Albatta, ko'pchilikni shu narsa qiziqtirmoqda. Ha, "Al Ahli" bilan o'yindagi ikkinchi golda Suyunov xato qildi, lekin undan oldin ikki marotaba muqarrar gollardan qutqarib qolganini hech kim eslamayapti? Bu fikr juda noto'g'ri. Men Eldorni o'tgan o'yindagi xatosi uchun zaxirada qoldirmadim. Balki barchaga imkoniyat berish barobarida O'tkir Yusupovni ham o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga imkon yaratdim. Agarda Xudo ko'rsatmasin Suyunov jarohat olib yoki boshqa bir sabab bilan o'ynay olmay qolsa, unda O'tkir Yusupov uning o'rniga maydonga tushishga shay holatda bo'lishi kerak. Eldor Suyunovga ishonishda davom etamiz. Lekin o'sha uchrashuvdagi birgina xatosini barcha gapirmoqda. Bahs davomida jamoamiz joniga oro kirgan paytlarini esa yoddan chiqarishmoqda. 

- OAVda bergan intervyuingizda o'ziz istagan ikkita futbolchini jamoaga ololmaganligingizni aytib o'tgan ekansiz. Biroq ularning nomini sir tutgansiz. SHu ikki futbolchini nomini ayta olasizmi?

- To'g'ri, shunday bo'lgandi. Futbolchining kimligini aytishni istamagandim. Biroq mayli so'ragan ekansiz, aytaman. Birinchi futbolchi bu "Olmaliq"da o'ynagan Sanjar SHoahmedov edi. Lekin bu futbolchini "Lokomotiv" o'z safiga qo'shib oldi. Keyin biz chap qanot himoyachisini qidirib yurgandik. Lekin o'zimiz istagan bir futbolchini qo'lga kirita olmagandik. Ammo Turkiyadagi tashkil etilgan yig'inlarimizda bizga Roy Rokni tavsiya etishdi va uning o'yinlari bizga maqul keldi. Menimcha, Roy Rok muxlislarga yoqadigan o'yinni namoyish etib bermoqda.

- Yaqinda BAAning "Al Ahli" jamoasibilan kuch sinashasizlar. Bu jamoani qanday o'rganib chiqdinglar?

- Bu jamoaning OCHLdagi har ikkala o'yinini ko'rib chiqdik. Birinchi bahsda saudiyaliklar bilan bo'lgan o'yinda ular bir kishi kam bo'lib harakat qilishgan va shunga qaramay durang o'ynashgan edi. Keyingi bellashuvda ham "Traktorsozi"ga qarshi bahsda yomon o'ynashmagan. Har ikkala uchrashuvda ham amirliklar mag'lubiyatga loyiq o'ynashmagan. Guruhimizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Ushbu "kvartet"dagi barcha jamoalar teng kuchli va har bir klub keyingi bosqichga chiqishga loyiq va buning uchun kurashadi. Bizning maqsadimiz vatanimiz shanini xalqaro o'yinlarda ham munosib himoya etishdan iborat. Bizning chempionat ham hech qaysi ligadan kam emas. Faqat o'ynash va kurashish kerak. OCHLda biz chempionatda bo'lgani kabi faqat hujumkor o'yin ko'rsata olmaymiz. Natijani ham o'ylash kerak. SHu bois vaziyatdan kelib chiqib, himoyaga ham etibor qaratib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilamiz. Bu musobaqada natija muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoamizning futbolchilarini ruhan tayyorlab, o'z kuchlariga bo'lgan ishonchni orttirishga harakat qilyapmiz. Ular mehmondagi bahsda ham yomon o'ynashmadi. To'g'ri, ko'zlagan maqsadga erisha olmadik. Biroq raqibdan o'yin bobida ortda qolmaganimiz ham aniq. 


"Nasaf" klubi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика