So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Ro'ziqul Berdiev: Muhammadjon Rahimovning viza bilan muammosi bor Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: Muhammadjon Rahimovning viza bilan muammosi bor

Coca Cola Superligasi 1-turidan o'rin olgan Nasaf – Andijon (0:1) bahsi yakunlanganidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


Bugungi o'yin raqibning rejasi bo'yicha ketdi. Jamoa sabr bilan yaxshi himoyalandi. Bunday gollarni urish juda qiyin. “Andijon” bitta imkoniyatdan foydalandi. Ular ko'p vaqt davomida himoyalanishdi, vaqt ko'zishdi va qarshi hujumda yaxshi harakat qilishdi. Biz doimgidek o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Umuman olganda, biz oxirgi vaqtlarda uy uchrashuvlarida qiyinchiliklarga uchramoqdamiz. Bu holat o'tgan yili ham sodir bo'lgandi, bu yil ham davom etmoqda. Biz buni sababini o'rganamiz.

Bugungi uchrashuvda jamoaga nima etishmadi?

- Mahorat. Oldinda harakat qilgan futbolchilarning mahorati etishmadi. Buni to'g'irlashga harakat qilamiz, bu bizning doimgi muammomiz bo'lgan. Keyin raqiblar Qarshiga kelganda ko'proq himoyalanmoqda va bu yanada qiyinchilik tug'dirmoqda. SHu sababli yarimta vaziyatdan ham gol urishimiz kerak.

Bugungi uchrashuvda tojikistonlik legionerni ko'rmadik...

- Bunga bir nechta sabablar bor. Kimdadir jarohat bor, kimdadir viza bilan muammo bor. Biz bu holatni kecha bildik. Albatta, keyingi o'yinlarga ular harakat qilishadi.

Birinchi va ikkinchi bo'limda ko'plab xatolar bo'ldi. Bugun “Nasaf” 90 minutga tayyor emasdek ko'rindi. Bugungi mag'lubiyatga “Nasaf”ning jismoniy holati ham sabab bo'ldimi?

- Endi jismoniy holatni siz aniqlab bera olmaysiz. Agar bizda jismoniy holatda muammo bo'lganida biz oxirgacha hujum qilmagan bo'lar edik. Keyin bugun birinchi uchrashuv bo'lgani uchun raqib ko'pchilik bilan himoyalandi. Bizda xatolar bo'ldi, buni pala-partishlik bo'ldi demagan bo'lardim. SHu sababli jamoamda shoshilish va asabiylik kuzatildi. Bu esa raqibga qo'l keldi.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика