So’nggi yangiliklar

16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  0 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  2 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  25 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  4 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Ro'ziqul Berdiev: "Mashal" - "Nasaf" uchrashuvini oldin haqiqiy derbi, deb maqtana olar edik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Mashal" - "Nasaf" uchrashuvini oldin haqiqiy derbi, deb maqtana olar edik"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Mashal" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.


"O'yinning tempi va tezligi unchalik yuqori bo'lmadi. Lekin ikki jamoaning ham asosiy vazifasi natija edi, biz buni uddaladik. Vaziyatlarni ko'p deyish qiyin. Muhimi hisobni ham, o'yinni ham nazorat qilib turgan edik. Istagan vaqtimizda qo'shishimiz mumkin. Yigitlarga natija va keyingi bosqichiga yo'llanma olishni ko'rsatma bergandik. 

- Husniddin Aliqulov haqida

- Uni kichik jarohati bezovta qilayotgandi. SHu bois terma jamoaga ham chaqirilgani yo'q. Bir haftacha vaqt kerak bo'ladi. Terma jamoa ham davolanishga ruhsat bergan.  Bugun Aliqulovdan tashqari Abduvohid, Javohir, Jo'rabekka dam berishga qaror qildik. Rotatciya bilan o'zgarishlar qildik.

- Doniyor Narzullaev ko'rinish berdi. Stanoevich ham  qaytmoqda. Stanoevich qachondan asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin?

- Bu ikki futbolchining tajribasi bor, talab va ko'rsatmalarimizni bilishadi. Marko yaqindan kelib qo'shildi. Bizni quvontiradigan jihati jarohatiga qaramasdan mashg'ulotlarga tezda kirishib ketdi. Bu uning ruhiy tomonlama tetikligidan dalolat. OKMK bilan o'yingacha ham oz foizda bo'lsada qaytishiga umid qilamiz. Doniyorda ham shunday holat. U ham bugun 10 daqiqa o'ynagan bo'lsa ham, yaxshi kirishib keta oldi. Jamoaning hujumlarida faol bo'ldi. Ko'proq futbolchilarga ega bo'lsak yanada yaxshi. 

- Aziz Xolmurodovda Zafar Xolmurodov kabi intilish, ishtiyoqi qanday?

- Otasi darajasida nimadir borligini ko'rmayapman. Bazi bir o'yinlarga jalb qilamiz, o'ziga ishonchsiz harakat qiladi. Buni yashirmaymiz, o'ziga ham aytganmiz. Lekin uni potenciali bor. Siz ham, men ham yaxshi bilaman bosh bilan o'ynashda otasini yaqiniga ham kelmaydi. 

- Siz to'p tepgan va hozirgi davrdagi "Mashal" - "Nasaf" uchrashuvining farqi nimada?

- Yomon tomoni "Mashal"ning Pro ligada o'ynayotgani. Biz ular bilan doim Superligada o'ynardik. Keskinlik yuqori chiqardi. Haqiqiy derbi deb maqtasak bo'lar edi. Hozirgi o'yinni darajasini ko'rdinglar. "Mashal" jamoasiga oldidagi maqsadiga erishishida omad tilaymiz. Qashqadaryordan 3ta jamoasi bor, ularning 2tasi Superligada bo'lsa o'yinlar ko'payardi, muxlislar ham qiziqardi. 

- G'uzoradagi uchrashuvlarda ko'p ko'rinish bermoqdasiz. Bu nima bilan bog'liq?

- U erda ham ayrim o'yinchilarimiz bor. Imkoniyatimiz bo'lganida albatta borib ko'ramiz. Masofamiz yaqin. "Mashal"da ham, "SHo'rtan"da ham akademiyamizni tamomlagan futbolchilar bor. Imkon borida foydalanib yigitlarni nazorat qilib boramiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика