So’nggi yangiliklar

16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  0 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  10 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  6 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2

Ro'ziqul Berdiev: “Maqsadimiz OCHL guruh bosqichiga yo'l olish” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Maqsadimiz OCHL guruh bosqichiga yo'l olish”

Avval xabar qilganimizdek, “Nasaf” jamoasi azolari kuni kecha ilk xorijiy yig'inni yakunlab, yurtimizga qaytib kelishdi.
Bu haqda  jamoa bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev  klub matbuot xizmati vakillariga ushbu yig'in haqida quyidagilarni malum qildi:

-Yig'in davomida 6 nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgandik. Bitta o'yini o'zimiz bekor qildik, yana bir o'yin ob-havoning biroz noqulay kelganligi uchun o'tkazilmadi, -deya so'z boshladi Ro'ziqul Sadullaevich. 

-O'sha so'nggi o'yinni o'tkazish biz uchun ancha ahamiyatli edi. SHunga qaramay barcha jarayon reja asosida o'tdi. Yigitlarimiz oz bo'lsada, o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi. Keyingi Birlashgan Arab Amirliklarida bo'ladigan yig'inda yana bitta nazorat o'yini o'tkazib,  asosiy etiborni 8 fevral kuni Qatarning “Al Jaish” jamoasiga qarshi bo'ladigan o'yinga qaratamiz.

-Jamoa Turkiya yig'iniga ketishi oldida tarkibga o'rinbosarlar safida harakat qilayotgan bir qator yoshlarni ham jalb etdingiz? Ular sizda qanday taasurot qoldirdi, o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishdimi?

-Yoshlarni asosiy tarkibga jalb etish doimo bizning asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Ayni paytda Ulug'bek Dadaboev, Odil Hamrobekov, Doniyor Narzullaev singari futbolchilari biz bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Yangi mavsumda bulardan umidimiz katta. O'ylaymanki,  yangi mavsumda asosiy jamoaga ularning yordami tegadi. Yig'in davomida ularning imkoniyatlarini yana bir bor chamalab oldik.

-OCHLdagi raqibimiz – “Al Jaish”da so'nggi paytlarda jiddiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Garchi jamoa mag'lubiyatlar girdobiga  o'ralashib qolgan bo'lsada, keyinchalik ularda murabbiy almashdi. Hujum chizig'iga braziliyalik hujumchi taklif etildi. Umuman raqibning hozirgi holati haqida nimalar deya olasiz?
-Albatta, biz raqib jamoadagi holatni doimiy ravishda kuzatib, tahlil qilib borayapmiz. Ularda ayni paytda katta o'zgarishlar kuzatilmoqda. Murabbiydan tashqari o'sha braziliyalik Nilmar bilan shartnoma qilishmoqchi. Ular oxirgi bir nechta o'yinda mag'lubiyatga uchrashgandi. Ammo Qatar chempionatining eng so'nggi uchrashuvida ular safarda “Al Sadd”ni mag'lub etishdi. Ushbu uchrashuv vidoyozuvini to'liq ko'rib chiqdim. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatib, g'alabaga erishdi. Bu ham ruhiy tomondan jamoaga ancha dalda bo'ladi. Lekin bizning ham asosiy maqsadimiz OCHL guruh bosqichiga yo'l olish. Mana shu maqsad uchun tayyorgarlik ko'rayapmiz.

-Jamoaga “Bunyodkor”dan yangi taklif etilgan Igor Taran Turkiyadagi yig'inda besh marotaba raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu futbolchini jamoa tarkibiga kirshib keta oldi deb hisolash mumkinmi?
-Albatta, bizga aynan Taranga o'xshagan futbolchi zarur edi. Birinchidan uning o'ziga yarasha tajribasi bor. Ikkinchi tomondan uning o'yin uslubi bizga ancha mos tushardi. So'nggi mavsumda aynan hujum chizig'ida vaziyatni o'z qo'liga oladigan hujumchiga ehtiyoj sezdik. Aynan shu kamchilikni barataf etish uchun Igorni jamoaga takli qilgandik. Yig'in davomida u o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Bundan keyin ham bu futbolchiga ishonishda davom etamiz. Qolaversa, Taran jamoamizda hujum chizig'idagi raqobatni ancha kuchaytirishiga ham xizmat qilishi aniq.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика