So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz OCHL guruh bosqichiga chiqish" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz OCHL guruh bosqichiga chiqish"

"Nasaf" - "Al Hidd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Nasaf" ustozi va futbolchisi ishtirok etdi.
"Sizlarni ko'rib turganimizdan xursandman. Mavsumning birinchi o'yini. Barchada bahsga qiziqish yuqori. Ertaga g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilish. OCHLdagi asosiy maqsadimiz guruh bosqichiga chiqishni istaymiz. O'ylaymanki jamoa ertangi bahsga tayyor. Tarkibdagi barcha futbolchilar tayyor", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

"Rasmiy o'yin baribir o'rtoqlik o'yinlaridan farq qiladi. G'alaba uchun maydonga tushamiz", - deydi SHerzod Azamov.

"Raqibimiz haqida faqat iliq fikrlarni bildiraman. Sababi ular Bahrayn chempioni, yaqinda yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi. Ertaga biz uchun engil o'yin bo'lmaydi. Tarkibida deyarli yosh o'yinchilar yo'q. Barchasi mahoratli va tajribali futbolchilar", - deydi Ro'ziqul Berdiev.  

- Raqib murabbiyi sizlarni o'rganib chiqqanini aytdi. Ertaga "Al Hidd" qanday o'ynaydi deb o'ylaysiz*?
- Biz ham ularni o'rgandik. Ular asosan safar o'yinlarida ko'p ochko olishgan. Ertaga himoyada o'ynashadi deb o'ylamayman.



- Jamoa uchta frontda kurash olib boradi. Mavsum boshiga qadar yangi o'yinchilar qo'shilishi mumkinmi?
- Agar OCHL guruh bosqichiga chiqsak tarkibga yangilar qo'shilishi mumkin yoki oliy liga oldidan besh-olti nafar futbolchini qo'shib olishimiz mumkin. Turkiyadagi yig'inga bir qator yoshlarni jalb qildik. Ularga etibor qaratishimiz kerak.

- Ertangi bahsdan oldin jarohat olganlar yo'qmi?
- Eldorbek Suyunov Turkiyadagi yig'inda jarohat oldi. SHu bois ertaga maydonga tushmasa kerak. Tarkibmizda Sanjar Quvvatov va Umidjon Ergashev kabi kuchli posbonlar bor. Bu bizga katta muammo bo'ladi deb o'ylamayman.

- Akmal SHorahmedov borasida nima deya olasiz?
- SHuhrat Muhammadiev jamoani tark etgach uning o'rniga o'ng qanot himoyachisini oldik. Akmal SHorahmedovga hech qanday shubha bo'lishi mumkin emas. U tajribali futbolchi va professional. Menimcha SHuhrat va Akmal bir xil saviyadagi futbolchilar.

- Ertangi o'yindan oldin muxlislarga nima degan bo'lardingiz? Stadion silarga noqulaylik tug'dirmaydimi?
- Yo'q. Bu stadionda ko'p o'yinlar o'tkazganmiz. Qarshida bo'lmasa ham O'zbekistonda o'ynayapmiz. SHu bois o'z maydonimizda o'ynayapmiz deya olamiz. Qashqadaryolik muxlislarga biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin, Toshkentga kelish borasida. Biroq bizga hech qanday tasiri yo'q.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика