So’nggi yangiliklar

11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  2 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  2 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  14 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  2 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  4 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0

Ro'ziqul Berdiev: "Legionerlarimiz kelgusida bundanda kuchli o'yin namoyish etishadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Legionerlarimiz kelgusida bundanda kuchli o'yin namoyish etishadi"

Bugungi voha derbisidan so'ng, jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievdan o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishni so'radik.

Ro'ziqul Sadullaevich quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
 
- Jamoamiz bugungi uchrashuvda “SHo'rtan”ga nisbatan har tomonlama yaxshi o'yin namoyish etishdi. Biz raqibimizdan bugun shiddatliroq o'yin kutgandik, ammo biz kutgandek bo'lmadi. SHuning uchun biz bugun yirik hisobda g'alaba qozondik. Futbolchilarimiz ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi, buning uchun ularga rahmat aytaman. Bugungi uchrashuvda Qarshidan tashrif buyurib, bizni qizg'in qo'llab-quvvatlagan muxlislarni ham g'alaba bilan tabriklayman va ularga katta tashakkur bildiraman.
 
Albatta, legioner futbolchilarimiz hali o'yinga to'liq tayyor emaslar, shundanda ular o'yinda bazi bir xatolarga yo'l qo'yishdi. Lekin umumiy olib qaraganda, biz safimizga kuchli futbolchilarni qo'shib oldik. Ularni o'yinidan ham bu ko'rinib turibdi. O'ylaymanki ular bundan keyingi o'yinlarda, bugungidan ham kuchli o'yin namoyish etishadi. Biz jamoamiz o'yinini kuchaytirish maqsadida ushbu o'yinchilarni jamoamiz safiga qo'shib olganmiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика