So’nggi yangiliklar

10:02Кечаги учрашувда дубл қайд этган Роналду нималар деди?  0 09:37"Каттақўрғон" "Флуминенсе" U20 жамоаси аъзоси билан билан шартнома имзолади  1 09:11"Осасуна"дан мағлуб бўлган Арбелоа баҳс якунидан сўнг нималар деди?  5 08:43Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  2 08:17Навбатдаги муҳим ғалабадан сўнг Гвардиола нималар деди?  2 07:52Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида 3 таликга киради"  21 07:30Ла Лига. "Осасуна" — "Реал Мадрид" 2:1  10 07:25Sofascore. 45 дақиқа майдонда ҳаракат қилган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:10АПЛ. "Манчестер Сити" — "Ньюкасл" 2:1  0 03:05Лига 1. ПСЖ "Ланс"нинг мағлубиятидан фойдаланиб қолди ва ғалабага эришган ҳолда биринчи ўринга қайтди  0 03:00Ла Лига. "Атлетико" ва "Эспаньол" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  6 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" О'Райлининг дубли билан "Ньюкасл"ни мағлуб этди  11 02:05Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўн киши бўлиб "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади, "Ал Насср" рақибига жавобсиз 4 та гол урди  7 01:05Қирғизистон чемпионатида мухлислар йил давомида машина ва пул мукофоти ютиб олиши мумкин  3 00:52Бундеслига. "Бавария"да ғалаба, "Боруссия Дортмунд"да дуранг, "Байер"да эса мағлубият  0

Ro'ziqul Berdiev: "Ko'p narsa Bobirning o'ziga bog'liq" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ko'p narsa Bobirning o'ziga bog'liq"

Qarshining "Nasaf" jamoasi Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

"Navbahor" raqiblik qilgan uchrashuvda "ajdarlar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- "Nasaf"ning OFK kubogidan keyin Superliga bahslariga tayyorgarligi qanday ketmoqda?

- OFK kubogidan qaytganimizdan so'ng futbolchilarga 5 kun dam olish imkonini berdik. SHundan keyin sakkiz kundan iborat ikkita yig'in tashkil qilindi. Qarshidagi mashg'ulotlarda ikkiga bo'lingan holda o'yin o'tkazgan bo'lsak, mana kecha  "Navbahor" bilan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdik. 

- Musobaqadan oldin agar jamoa keyingi bosqichga chiqsa tarkib kuchaytirilishini aytgandingiz. Xo'sh, bu borada harakatlar boshlanganmi?

- Jamoamizga yordam bera oladigan futbolchi izlamoqdamiz. Bazi bir variantlar ustida ishlar olib borilmoqda, deya olaman. Amalga oshsa bu haqida xabar beramiz.

- "Nasaf" ko'rigida bo'lib turgan "Mashal"ning nigeriyalik futbolchisi haqida nima deya olasiz?

- Ushbu futbolchi "Mashal"ning uslubiga mos kelmagani uchun bizga ko'rikka berishdi. Umuman kecha yomon taassurot qoldirmadi. Biroq uning klubi bilan shartnomasi bor. Markazda ham futbolchilarimiz ko'p. Yana o'ylab ko'ramiz. 

- "Nasaf"ning OFK kubogidagi keyingi raqibi  "Ahal" jamoasi. Raqiblar borgan sari kuchayib borishi tabiiy...

- "Ahal" haqida malumotga egamiz. Ularning Qirg'izistondagi o'yinlarini ko'rib chiqdik. Uchrashuv sanasi aniq bo'lishiga qarab tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Bobir Abdixoliqov malum muddat jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Uning kelajagiga qanday munosabat bildirasiz?

- Bobir biz bilan mashg'ulot o'tkazishni so'ragandi. Rahbariyat bilan o'rtada nima gaplar bo'lgan bilmadim. Uning o'zi Evropada o'ynashni istamoqda. Bu qanchalik amalga oshadi, o'ziga bog'liq. Legionerdan ko'p narsa talab qilinadi, albatta bunga tayyor bo'lish kerak.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика