So’nggi yangiliklar

00:56"Манчестер Сити" спорт директори: "Ёш ҳимоячи бўлишига қарамай, Абдуқодир жуда ақлли"  6 00:33Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги дебюти...  20 23:54Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги биринчи интервьюси  18 23:17"Ланс"нинг бир бўлаги бўлганимдан фахрланаман. Абдуқодир Ҳусанов "Ланс" ва унинг мухлислари билан хайрлашди  14 23:14Абдуқодир Ҳусанов: "Мен бу ерга соврин ютиш учун келдим"  11 23:02Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити" футболчиси!  76 22:49Виталий Денисов фаолиятини Россияда давом эттиради  3 22:30"Сени ва оилангни ўлдирамиз, каламуш". Ижтимоий тармоқда мураббийга таҳдид қилишди  2 21:34Футзал. Олий лиганинг 5-тур баҳсларига старт берилди  0 21:01"Қўқон-1912" икки 20 ёшли футболчини ўз сафига қўшиб олди  2 20:44Неймар ва "Ал Ҳилол" шартномани бекор қилишни хоҳлаяпти, аммо бразилиялик 65 млн. доллардан воз кечмоқчи эмас  5 19:59Карло Анчелотти мавсум охирида кетади  16 19:33Эшитдик-да! Суперлиганинг 16-жамоаси аниқ бўлди   46 19:19"Сурхон" ўртоқлик ўйинида "Железничар" билан муроса кўчасини танлади  0 18:59Эрон чемпионати. "Истиқлол" ўз майдонида аутсайдер "Шамс Азар Қазвин"га имкониятни бой берди, Машарипов жароҳат олди  7

Ro'ziqul Berdiev: "Javob golidan so'ng o'z o'yinimizni ko'rsatishni boshladik. Zaxiramizning biroz boyligi o'yin natijasiga tasir o'tkazdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Javob golidan so'ng o'z o'yinimizni ko'rsatishni boshladik. Zaxiramizning biroz boyligi o'yin natijasiga tasir o'tkazdi"

O'zbekiston Superkubogidagi g'oliblikdan so'ng "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Kubokni qo'lga kiritish juda yoqimli. O'yinni hayajon va xato bilan boshladik. Buning oqibatida gol olib chiqdik. Javob golidan so'ng o'z o'yinimizni ko'rsatishni boshladik. Bugun himoyaviy o'yin bilan qarshi hujumlarda harakat qilishimiz kerak edi. Vaziyatlar ko'p yaratdik, biroq ko'proq gol kirita olmadik. Bugun kuchli jamoani mag'lubiyatga uchratdik.

- Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Marko Stanoevichning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Bugun bizni qanday o'yin kutib turganini bilardik. Uch yildan beri "Paxtakor" bilan to'qnash kelmoqdamiz. Bugun g'alaba qozondik. Biz juda xursandmiz. Har doim g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu bizning vazifamiz.

- Oldinda kutyoatgan OCHL bahslarida Husniddin Aliqulovni o'rni qanchalik bilinadi?

- Albatta, bu juda katta yo'qotish. U jamoa etakchisi edi. Biroq, biz u Evropaga ketganidan xursandmiz. Uning o'rnini to'ldirish biz uchun asosiy vazifa. OCHLda ham o'z o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. OCHL qurasini ko'rdingiz, bizga tanish bo'lgan ikki jamoa bilan bir guruhdan joy oldik. "Al Sadd" va "Al Faysali" bilan to'qnash kelganmiz. Ular bizga yangilik emas. Yaxshi natija uchun harakat qilamiz.

- "Nasaf" endi uchta ligada kurash olib boradi. Bu jamoaga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Agar etibor qaratgan bo'lsangiz, "Paxtakor" bir tarkib bilan o'yinlarni o'tkazyapti. Biz ularda charchoq borligini bilardik. 25-daqiqadan keyin "Paxtakor" sust o'ynashni boshladi. Bizning zaxiramiz biroz boyligi bu o'yin natijasiga tasir o'tkazdi. Safimizga imkon qadar ko'proq o'yinchilarni jalb qilyapmiz, aynan ulan boshqa o'yinlarda bizga as qotishadi.

- "Nasaf" ko'proq kubok jamoasi ekanligi va kubok o'yinlariga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishi haqidagi fikrga qanday qaraysiz?

- SHunga o'xshayapti. CHempionatda yorqin o'ynolmayapmiz. SHunday desak ham bo'ladi, menimcha. Albatta, chempionatda oxirigacha kurashamiz. Umuman olganda fikringizda jon bor.

- Maydon chetida yuz bergan ziddiyat haqida gapira olasizmi? CHeran butun "Nasaf" jamoasini quyushqondan chiqaradigan biror so'z aytdimi yoki boshqa sabab bormi?

- Umar Eshmurodov jamoamizning eng beozor o'yinchisi. Uni quyushqondan chiqarish uchun ancha ter to'kish kerak. Modomiki, shunday bo'lgan ekan, demak raqib unga nimadir degan. Menimcha, savolingizga javob oldingiz. Dragan esa maydondan chiqib ketayotganda ham jamoamizga nisbatan biroz hurmatsizlik qildi. Men esa uning harakatlari notog'ri ekanini tushuntirishga harakat qildim. Bor narsa shu. Futbolga emociyalar kerak. Boksda ham jangdan oldin ikki bokschini uchrashtirishadi. Bu ham shunga o'xshash narsa.

- Lima Kruz ko'p o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushyapti. Bugungi uchrashuvda ham uni omadi kelmadi. Nega tarkibdagi boshqa hujumchilarga imkonyat berilmayapti. Argentinalik hujumchi yoki Amonov...

- To'g'ri, Lima vaziyatlardan foydalanishda yaxshi harakat qilmagandir, lekin uning funkciyasi raqibga halal berish. CHaves va Amonovga nisbatan raqib himoyachilariga ko'proq bosim qiladi. Aynan shu sabab unga imkoniyat berilmoqda. Bugun ham aynan shu sababdan u asosiy tarkibda maydonga tushdi. U ko'p mehmat qildi.

- Marko, og'ir jarohatdan tiklanish jarayoni qanday bo'ldi?

- Jarohat olganimdan so'ng operaciya qilindim. SHundan so'ng, uyda olti oy tiklanish jarayonini o'tkazdim. Bu juda qiyin damlar edi. May oyidan jamoaga qo'shildim, astalik bilan formamni tiklamoqdaman. Gol urganimdagi emociyalar aynan shu og'ir damlarning tasiri. Bu vaqt juda qiyin bo'ldi. Endi esa jamoa bilanman. Yana bir necha yil klub uchun borimni berishga harakat qilaman.

- Marko, "Nasaf" dastlabki yarim soatda o'z o'yinini topa olgani yo'q. Siz o'sha payt maydonda edingiz. Umuman jamoa o'yinini o'zgarishga nima turtki berdi?

- To'g'risi, men buni sezmadim. CHetdan balki sizga shunday ko'ringandir. To'g'risi, men maydonda turib buni sezmadim.

- "Paxtakor" O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. "Nasaf" esa bu jamoani ishonchli tarzda mag'lub qildi. Nega bu kabi o'yinni Superligada ko'rsata olmayapsizlar?

- CHempionatimizda o'rtamiyona jamoa qolmagan. Ligamizda katta o'zgarish bo'ldi. Ko'pchilik natija uchun harakat qilyapti. Bizga barqarorlik etishmaydi, bazida esa maxorat. "Paxtakor" hujumkor jamoa. Ko'p jamoalar esa bizga himoyaviy o'yin taklif qiladi. Biz esa bundan qiynalyapmiz. Buni o'zimiz ham tan olamiz. Hujumchilarimizda aynan shu sababdan muammo bo'lmoqda. Ustimizda ishlashda davom etamiz. Ruhiy tarafdan bu g'alabadan so'ng muammolar echilishi kerak. Oldinda juda ko'p o'yinlarimiz bor. O'ylaymanki, hamma frontda yaxshi harakat qila olamiz. 

- SHerzod Nasrullaev jamoadan ketadi degan mish-mishlar bor. Bu qanchalik rost?

- Ketadiganlar ketib bo'ldi, bo'ldida endi (kuladi). Yil boshida hujumchimiz ketdi, ikkinchi davrada to'purarimiz jamoani tark etdi. SHerzod borasidagi gap so'zlarni men ham eshitdim. Lekin biror fakt yoki taklif yo'q. Nasrallaev jamoada qoladi.

- OCHL qurasida yulduzli jamoalarga to'qnash kelmaganingizdan hafa bo'lmadingizmi? 

- "Al Sadd"da yulduz yo'qmi? Yo'q, hafa bo'lmadik. Istalgan raqib bilan o'ynayveramiz.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика