So’nggi yangiliklar

19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  0 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  0 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  8 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  4 17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  4 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  1 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  2 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  24 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  7

Ro'ziqul Berdiev: "Istefo? Bu narsa ertami-kechmi baribir amalga oshadi. Lekin men qilgan ishlarimdan faxrlanadigan murabbiyman" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Istefo? Bu narsa ertami-kechmi baribir amalga oshadi. Lekin men qilgan ishlarimdan faxrlanadigan murabbiyman"

O'zbekiston Superkubogi final bahsi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va futbolchi Mateus Lima ishtirok etdi.


- Raqib bir birini yaxshi bilishadi. Yaqqol favorit yo'q. Ikki jamoa ham ijobiy natija uchun borini beradi. Superkubok sovrini joriy mavsumdagi asosiy maqsadlarimizdan biri. Natija qoniqarli bo'lishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Mateus Limaning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Bor etiborimizni ertangi uchrashuvga qaratganmiz. Raqib bilan ham har mavsum ko'p to'qnash kelamiz. Futbolchilar bilan gaplashdik va yigitlar kubokni ertaga Qarshiga olib kelishmoqchi. Ertangi uchrashuv juda muhimligini bilamiz. Ertaga kuchliroq jamoa g'alaba qozonadi va umid qilamanki g'olib jamoa "Nasaf" bo'ladi. Ertaga kubokni ko'tarib, muxlislarni xursand qilishga intilamiz.

- Ro'ziqul aka, ertangi final uchrashuvida taktik tomonlama qanday kutilmagan yurish amalga oshirmoqchisiz?

- Etibor bergan bo'lsangiz, hozirgi kunda natija muhimroq bo'lib qoldi. Ko'p jamoalar o'z o'yinidan voz kechib, natija uchun o'ynamoqda. Taktik uslub va o'yindan farqli o'laroq, natija muhimroq. Ertangi uchrashuvda kichik detallar o'yin natijasini hal qiladi. "Paxtakor"ning kuchli tomonlarini o'rganib chiqdik va yigitlar bundan xabardor.

- "Nasaf" jamoasi so'ngi uchrashuvlarda juda kam gol o'rmoqda. Bunga sabab nima va bu muammoni qanday bartaraf etmoqchisiz?

- Ushbu muammo o'tgan yili ham kuzatilgan edi, lekin o'tgan mavsum bizga Norchaevning ko'p foydasi tegardi. Yil avvalida esa u boshqa jamoaga o'tdi. Birinchi davrada uning o'rnini bosa oladigan futbolchi olib kelmagan bo'lishimiz mumkin, lekin ikkinchi davrada kuchli jamoalarda to'p tepgan hujumchilarni jamoa safiga qo'shib oldik. Hozircha ushbu muammoni hal eta olmayapmiz. To'g'ri takidladingiz, biz deyarli to'rtta o'yindan beri gol ura olmayapmiz. SHuni aytib o'tishim kerakki, biz kam gol urishimizga qaramay, kam gol o'tkazib yubormoqdamiz. Bu ham jamoaning ustunlik tomoni, lekin hujumdagi muammolarni hal etmagunimizga qadar, jamoa o'yini oqsab qolaveradi. Ushbu muammo ustida har kuni ishlayapmiz, lekin muammo hal etilmadi. Vaziyatlardan unumli foydalanish futbolchilarning mahoratiga ham bog'liq narsa. Bazi bir mahoratli futbolchilar ko'p mashg'ulot qilmasa ham, mahorati evaziga ushbu muammoni hal etishadi. Biz jamoaga taklif qilgan futbolchilarimizdan umidimiz katta edi, lekin hali oldinda ko'p uchrashuvlar bor va muammoni hali etishimizga ishonaman.

- "Nasaf" jamoasi so'ngi uchrashuvlarda juda kam gol urayotganiga hujumchi Mateus Limaning fikri qanday?

- Gol ura olmayotganimiz albatta yomon, lekin murabbiyimiz har safar bizga kerakli ko'rsatmalarni bermoqda, ammo biz so'nggi o'yinlarda raqib darvozasini ishg'ol eta olmayapmiz. Jamoada yana bir nechta legioner futbolchilar bor va ularga moslashish uchun etarlicha vaqt kerak. SHuni takidlab o'tishim kerakki, futbol bu jamoaviy o'yin va biz raqib darvozasi yaqinida ko'p vaziyatlar yaratmoqdamiz, lekin gol ura olmayapmiz va bu hujumchilarning vazifasi. Men mashg'ulotlarda ko'proq o'z o'stimda ko'proq ishlayapman, sababi gol urish mening asosiy vazifam. Ertangi uchrashuvda kim gol o'rishi muhim emas, asosiysi jamoam g'alaba qozonishi.

- Futbol hamjamiyati orasida agar "Nasaf" superkubok finalida mag'lub bo'lsa, Ro'ziqul Berdiev istefoga chiqariladi degan fikrlar yangramoqda. O'zingiz ushbu gaplarga qanday fikr bildirasiz?

- To'g'risi men ijtimoiy tarmoqlarda faol emasman, lekin ushbu gaplar qulog'imga chalindi. Murabbiyning o'zi ham vaziyatni sezadi va his qiladi. Istefo har bir murabbiyning taqdirida bor narsa va murabbiy ushbu holatga ruhiy tomonlama tayyor bo'lishi kerak. Bu narsa ertami-kechmi baribir amalga oshadi. Lekin men qilgan ishlarimdan faxrlanadigan murabbiyman. SHu sababdan ushbu hodisa ro'y bersa men hech kimdan norozi bo'lmayman va men ushbu holatni to'g'ri qabul qilaman. Klubning siyosati va maqsadlari bor. Agar mening ishimga baho berish kerak bo'lsa, men erishgan natijalarga qarasak bo'ladi yoki terma jamoadagi o'yinchilarga nazar solsak bo'ladi. Klub yanada yuqori darajaga chiqmoqchi bo'lsa, men ularga omad tilayman. Men hech qachon o'z xohishim bilan "Nasaf"ni tark etishni istamaganman. Lekin hamma narsa bo'lishi mumkin.

- Mateus, "Nasaf" jamoasi ikki Superkubok finalidan beri "Paxtakor"ni mag'lub eta olmayapti. Futbolchilar ertangi uchrashuvga ruhiy tomonlama qanchalik tayyor?

- Futbolda hamma narsa o'zgaradi. Ertangi uchrashuvda ushbu statistikani o'zgartirish vaqti keldi. Barcha futbolchilar ertangi uchrashuvga tayyor.

- Mateus, jamoadagi argentinalik hujumchi CHavez bilan bo'layotgan raqobat haqida gapirib o'tsangiz...

- Ikkalamiz ham legioner futbolchilarmiz va bizning maqsadimiz "Nasaf"ga yordam berish. Raqobat har joyda bor va raqobat borligi yaxshi. Murabbiylar esa so'ngi qarorni qabul qilishadi. Avgust oyida biz har to'rt ko'nda o'yin o'tkazyapmiz va har bir uchrashuvda bir futbolchi maydonda bo'lishi mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Murabbiyning o'zi bizning o'yinimizga baho berib, so'ngi qarorni qabul qiladi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика