So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  3 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Ro'ziqul Berdiev: “Islom Rashidxonovga omad tilaymiz” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Islom Rashidxonovga omad tilaymiz”

Yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan “Nasaf” jamoasi selekciya ishlarida faol bo'lmoqda.

Qarshiliklarning mazkur yig'iniga legionerlar qo'shilgani haqida avval malum qilgan edik. Murabbiy Ro'ziqul Berdiev xorijlik futbolchi tanlashda shoshilmoqchi emas. Buni mutahassis biz bilan suhbatda ham takidlab o'tdi.

- Birinchi galda olib borilayotgan tayyorgarlik jarayoni hususida malumot berib o'tsangiz...
- 17-18 dekabr kunlari hozirgi tarkibimizdagi futbolchilar bilan tibbiy ko'rikdan o'tdik. 28 dekabrga qadar asosan engil mashqlar, jismoni holat ustida ishladik. Bu yig'indan yana bir maqsadimiz bor edi, yani ayrim o'yinchilar jamoamizda to'p tepishga xohish bildirgandi, ularni sinovdan o'tkazdik. “Bunyodkor” bilan nazorat uchrashuvidan so'ng birinchi bosqichni yakunladik. 3 yanvardan keyingi yig'inga kirishamiz.



- Bilamizki siz legioner tanlashda “Etti o'lchab, bir kes” maqoliga amal qilasiz. Odatda xorijlik o'yinchi tanlashda kam xato qilasiz. Ko'rib turibmiz jamoada afrikalik, armanistonlik futbolchilar ko'rikda bo'lib turibdi. Ularning harakatlariga qanday baho berasiz?
- Legioner tanlashda adashmasligimiz kerak. Ularni chuqur o'rganshimiz lozim. Yaqinda kelgan armanistonlik futbolchilarni navbatdagi mashg'ulotlarga taklif qilmaymiz. Fikrimcha, jamoamizga yordam beradigan darajada emaslar. 2000 yilda tug'ilgan afrikalik o'yinchining harakatlari maqul tushdi. Ustiga ustak hali yosh ekan. Uni yana sinab ko'ramiz.

- Islom Rashidxonovning “Navbahor”ga o'tishiga munosabatingiz...Nazarimda uning o'yinida ancha pasayish kuzatildi...
- Asosiy tarkib o'yinchilarimizdan biri edi. O'yinida pasayish bo'ldimi? Futbol jamoaviy o'yin. Transferlarga aralashish murabbiylarning ishi emas. O'ylaymanki, “Navbahor” yaxshi futbolchini qo'lga kiritdi. U bazi bir o'yinlarda katta hajmdagi ishni bajarardi. Unga keyingi faoliyatida omad tilaymiz. Ketganlarni o'rniga akademiyamizdan yoshlarni jalb qilamiz. O'rtoqlik bahsida ham 2002, 2003 yillarda tug'ilgan bolalar harakat qilishdi. Ularga ham imkoniyat beramiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика