Ro'ziqul Berdiev: Ishlab chiqqan taktikamiz samara berdi
25 sen 2014 22:01
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: Ishlab chiqqan taktikamiz samara berdi
"Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "ajdarlar" ustozi qatnashdi.
- Bugungi o'yinda biz kutgan reja ish berdi. Yani o'yin boshidan tashabbusni raqibga bergan holda ikkinchi raqam ostida o'ynashimiz kerak edi. Tezkor gol urib olgach aynan shu taktika asosida o'ynay boshladik. Aynan shu o'yin uslubini ancha shakllantirib olgandik. Bu esa yakunda bizga g'alaba taqdim etdi. Asosan qanotlar orqali hujumlarga o'tishimiz kerak edi. Bu borada ham ko'zlagan niyatimiz amalga oshdi. Ilhom Yunusov asosan hujumlar tashkil etishda qatnashadi. Bugungi o'yin uslubimizga uni mos emas deb topdik va Yunusovni zaxirada qoldirdik. "Bunyodkor" har doimgidek kuchli jamoa. Ularning maydonidan uch ochko bilan qaytayotganimizdan xursandman, - deydi Ro'ziqul Sadullaevich.

Fikrlar