So’nggi yangiliklar

21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  0 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  5 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  3 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  3 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  13 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  12 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   9 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  5 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  2 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  12 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1

Ro'ziqul Berdiev: "Hujumda agressiya etishmadi. CHempionat hali-beri tugamaydi, chempionlik haqida gapirishga erta" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hujumda agressiya etishmadi. CHempionat hali-beri tugamaydi, chempionlik haqida gapirishga erta"

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida.

- Birinchi bo'limda juda ham qiynaldik. Raqib yaxshi himoyalandi. Tezroq gol urganimizda, vazifamiz ancha osonlashgan bo'lar edi. Gol urib olganimizdan so'ng esa, raqib hujumga o'tishga majbur edi. Biz esa qarshi hujumda ko'proq ochiq zonalarga va vaziyatlarga ega bo'ldik. "Olimpik" jamoasi yosh bo'lishiga qaramay, katta ishtiyoq bilan o'ynamoqda. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz yaxshilandi va gollar urdik. Qoldirilgan uchrashuvdagi g'alaba juda muhim edi.

- "Nasaf" bugungi uchrashuvni ikki nafar markaziy hujumchi Bobir Abdiholiqov va Zoran Marushichlar bilan boshladi, ammo jamoangiz birinchi bo'limda raqib darvozasiga aniq zarba bera olgani yo'q. Bunga sabab jamoangiz vaziyat yarata olmaganimi yoki raqib yuqori pressing qo'llanganimi?

- Hujumchilar o'z vazifasini yaxshi bajara olmadi deb bemalol ayta olaman. Biz ko'proq hujum qilishni reja qilib, ikkita hujumchi bilan o'yinni boshlagandik, ammo vaziyatlar yaratilmadi. Maydonga yana bir yarim himoyachini tushirganimizdan so'ng esa vaziyatlarimiz soni ko'paydi. Ikki hujumchiga ham tanaffusda etiroz bildirdim. Hujumchilar bugun men kutgandek o'yin namoyish eta olishmadi. 

- Bugun ko'pchilik "Nasaf" osonlikcha g'alaba qozonadi deb o'ylashgan edi, biroq bugungi o'yin kurashlarga boy kechdi. Uchrashuvdan oldin bildirilgan fikrlarga munosabatingiz.

- Men bunday o'ylamagandim. "Olimpik" jamoasining o'yinlarini tahlil qilganimizda, jamoada kuchli ishtiyoq borligini sezdim. "Olimpik" futbolchilarida katta motivaciya bor, ular o'z faoliyati uchun qo'shimcha ishtiyoq bilan o'ynashmoqda. "Olimpik"ning o'ta tartibli himoyalangani sababli bugungi uchrashuvda ko'pgina muammolarga duch keldik.  



- "Nasaf" jamoasi musobaqa jadvalida yaqqol peshqadam bo'lib oldi. Jamoangiz yaqindagina asosiy raqobatchilardan biri "Paxtakor"ni mag'lub etdi. CHempionlik "poygasi" haqida fikr bildirsangiz?

- Maqsadimiz sari oxirigacha kurashishimiz kerak. Mavsum hali-beri yakunlanmaydi. Hozir bizda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Futbolchilarga har bir bahsga finaldek yondashish kerakligini ko'p marotaba takrorlayapman. Etiborni yo'qotishga haqqimiz yo'q. Har bir uchrashuvda maksimal tarzda ochkolar to'plashimiz kerak. Maqsadimizga yanada yaqinlashishni istasak, imkon qadar yaxshiroq natija qayd etishimiz kerak.

- Bugun hujumchilardan ko'nglim to'lmadi deya aytib o'tdingiz. Jamoangiz namoyish etgan o'yinning yana qaysi jabhalaridan ko'nglingiz to'lmadi?

- Hujumda agressiya etishmaganini aytib o'tdim. Maydon holati ham yaxshi emas edi. SHu tufayli to'p ega qilishda biroz muammolarga duch keldik. Texnikasi eng yuqori futbolchimiz Oybek Bozorov ham to'pni qabul qilishga qiynaldi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика