Ro'ziqul Berdiev: "Hozircha to'rt nafar futbolchini tarkibga qo'shib oldik"
26 iyu 2016 11:02
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Hozircha to'rt nafar futbolchini tarkibga qo'shib oldik"
"Nasaf" klubi oliy liganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
- Davralar oralig'ida jamoamizda o'zgarishlar bo'lmoqda. Safimizni tark etganlar o'rniga yangi futbolchilarni taklif qilayapmiz. Hozirgacha to'rt nafar futbolchini o'z safimizga qo'shib oldik. Bular - Fozil Musaev, Igor Golban, SHahboz Erkinov va Ognen Krasich. Serbiyalik yana bir hujumchi Dragan Xeranning kelishini kutayapmiz. Bundan tashqari yana bir-ikki mahalliy futbolchiga ham qiziqqanmiz. Bizga ayniqcha qanot yarim himoyachilari kerak. Zafar Polvonovga turgan gap. Keyin SHerzod Karimov va Jasur Hasanovga ham taklif bilan chiqdik. Lekin bu qanchalik amalga osharkin, ochig'i bilmadim. Lekin qiziqqanligimiz rost, - deydi Ro'ziqul Berdiev "Futbol Ekspress" nashriga.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar