So’nggi yangiliklar

01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  2 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  19 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6

Ro'ziqul Berdiev: "Hozir faqat "Nasaf" haqida o'ylashim kerak" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hozir faqat "Nasaf" haqida o'ylashim kerak"

Coca-Cola Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- OFK kubogi doirasida markazlashgan o'yinlardagi muvaffaqiyatlarimiz bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. FIFA kunlari sabab Superligada bir oz tanaffus yuzaga keldi. Tanaffus baribir o'z so'zini aytmasdan qolmaydi. Bugungi o'yinda "Andijon" jamosi turnir jadvalida pastda bo'lgani tufayli natija uchun o'ynashini bilardik. Ko'rib turganingizdek, raqib qarshi hujumga urg'u qaratgan xolda 5-4-1 sxemasini tanladi. SHu sabab biz ham oldingi chiziqda vaziyatlar yaratishga qiynaldik. Qizil kartochka oldimizdagi vazifani bir oz qiyinlashtirdi. Lekin yigitlar vaziyatga to'g'ri baho bergan xolda ikkinchi golni urib o'yin taqdirini hal qilishdi.

- Qizil kartochkali vaziyatda kimni ayblagan bo'lardingiz?


- Hujum tashkil etayotganimizda to'pni yo'qotdik. SHundan so'ng raqib xavfli hujum tashkil etdi. Himoyachilarimiz ham o'yindan tashqari xolatni yuzaga keltirishda xatoga yo'l qo'yishdi. Bu vaziyatda Umid Ergashevning qo'l bilan o'ynashini xato deb aytmagan bo'lardim, chunki to'p undan ham o'tsa gol bo'lishi mumkin edi.

- Jamoa 3 ta frontda kurashmoqda. Transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirish rejada bormi?


- Albatta, biz buni judayam istayapmiz. Bir tarkib bilan 3 ta musobaqada muvaffaqiyat qozonish juda qiyin. Hozirda tarkibimizga yangi futbolchilarni qo'shib olish uchun izlanishdamiz. Qaysidir futbolchini oladigan bo'lsak, oldimizdagi vazifalarni echa oladigan darajasi bo'lishi kerak. Tajribali, kuchli legioner olishimiz kerak, shuningdek qanotda faollik namoyish etadigan futbolchi ham bizga hozir juda zarur.

- “Mashal"dan kelgan legioner futbolchi jamoada ko'rikdan o'tmoqda. Bu haqida nimalarni ayta olasiz?


- Bu futbolchining bizga maqul keladigan jihatlari bor, to'p bilan juda yaxshi harakat qilar ekan. SHu bilan bir navbatda kamchiliklari ham yo'q emas. U futbolchining transfer huquqi ayni damda "Mashal" jamoasiga tegishli. Klubimiz rahbariyati bu borada kelishuvga erishsa balki uni jamoamizda ko'rarmiz.

- Terma jamoaga turli murabbiylar nomzodi ko'rib chiqilmrqda. Sizga bu borada jiddiy taklif tushsa jamoadan ketarmidingiz?


- Hozir "Nasaf"daman, oldimizda jiddiy vazifalar turibdi. Hozir faqat zimmamdagi vazifalar haqida o'ylashim kerak, bu bugungi o'yindan chiqib ketib gapirish kerak bo'lgan savol.

- Husayin Norchaev oldingi chiziqda yolg'izlanib qolayotgandek...


- Biz har bir o'yinda maksimal darajada harakat qilayapmiz. Imkon qadar zaxiramizdan hujumchi chiqarishga harakat qilayapmiz. Lekin hozirgi kunda zaxira variantlarmiz ko'p emas.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика