So’nggi yangiliklar

11:17Фарғона вилояти ҳокими «Қўқон 1912» футбол клуби марказий ўйингоҳида олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди  0 10:54Goal қуръадан кейин ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  15 10:30Бугун қуръа. У қандай тартибда ўтади?  1 10:23«Манчестер Юнайтед» 17 ёшли бола учун 60 миллион тўлашга рози бўлди  4 09:51«Лион»нинг асосий футболчиси Саудиянинг 2-лигасига йўл олди  0 09:22Кевин де Брюйненинг келажаги маълум  2 08:55Шомуродов ҳеч қаерга кетмайди  24 08:29Расман. «Ал Насср»дан сўнг «Ал Аҳли» ҳам йирик трансферни амалга оширди  2 08:06Sofascore. Шукуров шериклари орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  3 07:39Ўзбекистон кубоги март ойида старт олади  1 01:50"Милан" ва "Фейеноорд" келишувга эришиш арафасида  3 01:15Расман: "Ал Насср" 90 миллионлик трансфер амалга оширди  13 00:50Туркия. Икки футболчиси четлатилган "Сивасспор" мағлуб бўлди, Турғунбоев тўлиқ ўйнади  0 23:51Рэшфорд "Барселона"га ўтиш учун 3 клуб таклифини рад қилди  3 23:21Йўқ! 108 миллионлик трансфер амалга ошмайди  7

Ro'ziqul Berdiev: "Havotirli bo'lsa-da, zo'r o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Havotirli bo'lsa-da, zo'r o'yin bo'ldi"

OFK Kubogi doirasida "Ahal"ga qarshi bahsdan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yinning og'ir o'tishiga o'zimiz sababchimiz. Uchrashuvni yaxshi boshlagandik. Ikkita gol urgandan keyin o'ynashdan to'xtadik. Agarda har qanday jamoaga imkon beradigan bo'lsak, ular o'ynashni boshlaydi. Asosiysi - g'alabaga erishdik va navbatdagi bosqichga chiqdik. Ha, o'yinimizda kamchiliklar bor. Balki, natijadan qoniqqandurmiz. Ammo o'yin bobida bunday deya olmayman.

Marko Stanoevich: - Birinchi bo'limdan keyin biroz bo'shashdik. Raqiblar ham yaxshi, chiroyli kombinacion o'yin ko'rsata olishini namoyish qildi. Ular hisobni tenglashtirishdi ham. Biroq yigitlar taslim bo'lmadi va o'z maqsadimizda etdik. Bu ham bizga dars bo'ldi. Endi g'alabani erta nishonlamay, so'nggi daqiqalargacha kurashib, raqibni hurmat qilgan holda o'yin ko'rsatish kerak bo'ladi. 

Ro'ziqul Berdiev: - O'yindan oldingi ko'rsatmalarda Norchaevga bu haqida aytgandik. Marko AGMKga qarshi o'yinda ura olmagani uchun unga biroz dam berdik. Norchaev ham yaxshi harakat qildi va penaltini amalga oshirdi.

Mashg'ulotlarda ko'p penalti tepishamiz. Unda ham u yaxshi harakat qilardi.

Marko Stanoevich: - Kim penaltini yaxshi tepadi? Murabbiyimiz!

Ro'ziqul Berdiev: - Mashg'ulotlarda barcha bilan penalti tepish borasida musobaqalashamiz. Men barchani yutaman.

Bahrom jamoaga endi kelib qo'shildi. Jamoadan ketganiga 5 yil bo'lib qoldi shekilli. Albatta, 30 yoshdan oshgandan keyin futbolchining jismoniy holati siz o'ylaganchalik bo'lmaydi. Buni mashg'ulotlar va o'yinlar orqali yaxshi darajaga chiqarib olish mumkin. Bugun nafaqat Bahromda, balki, SHerzod Nasrullaevda ham holat yaxshi emasligi bilindi. Uning o'zi oldimga kelib, charchaganini aytdi. Bu bo'lib turadigan holat. Ular mashg'ulotda ko'proq harakat qilib, o'yinlarda qatnashib turishi kerak.

Raqib murabbiyi sxema yoki o'zgarishlar orqali o'yinni o'zgartirganini ko'rmadim. Faqat 3:2dan keyin u 4-3-3 sxemasiga o'tdi. Bunga ham o'zimiz sababchimiz. Raqibning yaxshi o'yin ko'rsatishiga bizning o'yinni tashlab yuborganimiz sabab bo'ldi. Bu kabi raqiblar qanday o'yin ko'rsatishni yaxshi biladi. Kecha aytganimdek, o'yin qiziq bo'ldi. Ammo aytishim kerakki, havotirli bo'lsa-da, bahs yaxshi o'tdi.

Umid qilamizki, Kaluderovichdan ko'p narsalarni talab qilmaymiz. Faqatgina u kerakli paytda gol urib tursa bo'lgani. Biroq u jamoaning o'yiniga ko'proq hissasini qo'shishi, pressingda ishlashi kerak. Buni tushuntiryapmiz, balki, bunga yoshning ham tasiri bordir. Boshkovich davri esa boshqacha bo'lgan. 10 yil oldin va hozirgi paytning farqi osmon va erchalik. Ushbu musobaqada g'olib bo'lish uchun jamoaviylikni yaxshilashimiz kerak. Bir futbolchiga ishonib qolish yaxshi bo'lmaydi.

Bir narsaga aniq amin bo'ldimki, bizning futbolimiz darajasi qo'shnilarimiznikiga qaraganda anchagina yaxshi. O'tgan yillari "Istiqlol"ning darajasi oshib ketgani haqida ko'p gapirishdi. Yo'q, unday emas. O'z ko'zim bilan ko'rdim. Baribir bizning futbol O'rta Osiyoda eng yaxshisi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика