Ro'ziqul Berdiev: “Haqli g'alabaga erishdik”
21 may 2016 23:10
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: “Haqli g'alabaga erishdik”
- Muxlislarni ham bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz haqli ravishda keyingi bosqichga chiqdik. Bugungi o'yinda to'liq tarkib bilan qatnashmasakda, g'alabaga erisha oldik. Birinchi bo'limda biroz omad etishmadi. Ikkinchi bo'limda bazi o'zgarishlar o'yinni kuchaytirdi va g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldik. Bugun Maqsud Karimov, Azamat Allaniyazov, Saydulla Rahmatovga dam berishga qaror qildik. Davralar oralig'ida tarkibda jiddiy o'zgarishlar bo'ladimi? Ha bu borada rahbariyat yaxshi futbolchi topishimiz lozimligi haqida aytishdi, yani rahbariyatimiz bunga ruxsat berishdi. Bu borada ishlar olib borilmoqda. Bugundan boshlab keyingi muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Bahrom Abdurahimovning jarohati? Yo'q, uning jarohati jiddiy emas, keyingi o'yinda maydonga tushiramiz.
Fikrlar