So’nggi yangiliklar

14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  11 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5

Ro'ziqul Berdiev haq bo'lib chiqdi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev haq bo'lib chiqdi

Gap shundaki, Superliganing 4-turi doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan keyin Ro'ziqul Berdiev jamoaning yangi hujumchisi Humoyun Murtazoevning golsiz seriyasiga bergan izohini eslaymiz.

O'shanda Ro'ziqul Berdiev o'yindan keyin nega Humonyun Murtozaevning yangi jamoasidagi debyut goli cho'zilib ketdi, degan savolga quyidagicha javob bergandi:

"Humoyun mavsumoldi yig'in doirasidagi nazorat o'yinlarida o'zini yaxshi ko'rsatdi. Ko'p gollar kiritdi. Uning golsiz seriyasi cho'zilgani shunchaki vaqt masalasi. SHuningdek, Murtazoev o'tgan yilni Pro-ligada o'tkazdi va "Mashal" hamda "Nasaf" o'rtasidagi farq ham o'z tasirini ko'rsatmoqda. Yani, bunday yuqori bosimda o'ynagandan keyin bunga moslashish va ko'nikish uchun vaqt talab etiladi. O'ylaymanki, Murtazoev dastlabki golni urib olgach o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi. Muhimi, o'sha birinchi golni urib olish lozim. Debyut goldan keyin Humoyun Murtazoev ochilib ketadi", - deya o'z fikrlarini bildirgandi "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev.

Qayd etish kerakki, shundan so'ng Humoyun Murtazoev "Andijon" darvozasiga o'zining ilk golini kiritdi va kecha AGMK darvozasiga ikkita gol urib, yangi jamoasidagi dastlabki dublini nishonladi. Ro'ziqul Berdiev ishontirgandek, Humoyun Murtazoev "Nasaf" safidagi ilk golini urgach futbol tilida aytganda, "ochilib ketdi".


"Mashal"dan "Nasaf"ga o'tgan hujumchi oxirgi ikkita uchrashuvda 3ta gol kiritishni uddaladi. Bu bilan hujumchi jamoaning yangi mavsumdagi to'purari bo'lib turgan o'ng qanot himoyachisi Dilshod Saitovga etib oldi. Saitov hisobida ham 3ta gol mavjud. Kuchli zarba sohibi bo'lgan Saitov "Dinamo", "So'g'diyona" va AGMK darvozasini uzoqdan yo'llayotgan kuchli zarbalari orqali aniq nishonga olgan.


SHuningdek, jarohatini davolab o'zoq tanaffusdan so'ng yashil maydonga qaytgan Aziz G'aniev AGMKga qarshi bahsda jamoasi gollarining ikkitasida assistentlik qildi va golli uzatmalar sonini ikkita etkazib, bu borada peshqadamlar safiga qo'shilib oldi.

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика