So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  8 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Ro'ziqul Berdiev: "Hali oldimizdagi vazifa bajarilmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hali oldimizdagi vazifa bajarilmadi"

O'yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Artur Gevorkyan ishtirok etishdi.
- Rahmat tabrik uchun. Yutganimizdan xursandmiz Ammo hali oldimizdagi vazifa bajarilmadi. Guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz. Birinchi taymda ular juda yaxshi o'ynashdi va yaxshi imkoniyatlar ega bo'lishdi. Ikkinchi bo'limda qarshi hujumda bizda imkoniyat bo'lishini bilardik va yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalana oldik. Omad biz tomonda bo'ldi", - deb gap boshladi Berdiev. 

-“Nasaf” bugun xar doimgidek kuchli ko'rinmadi. Lekin yaratilgan 4 ta imkoniyatdan samarali foydalandi...

-Savolni tushundim. Yomon o'ynasak ham ochko olsak shu eng muhimi. Haqiqatan ham tashabbus va imkoniyat mezbonlarda bo'ldi. Lekin biz uch ochko oldik. OCHLda eng muhimi shu. Birinchi vazifamiz guruhdan chiqish. Albatta o'yinimizni yanada kuchaytirishga harakat qilamiz.

-Statistkaga qaraydigan bo'lsak, mezbonlar barcha tomonlama ustidan bo'lishdi. “Nasaf” g'alabaga haqli erishdimi?

-Biz g'alaba qozongan bo'lsakda, hali keyingi bosqichga chiqmadik. Bugungi o'yinda statistika mezbonlar foydasiga bo'lsada, eng muhimi biz natijaga erisha oldik.

-Mehmondo'stlik haqida nima deya olasiz? Bugungi ob-havo o'yinga qanchalik tasir qildi?

-Tabrizga ikkinchi marta kelishim. Odamlar ham mehribon, futbol bilan yashashadi. Yutqazsa qo'llab-quvvatlashadi. Bizniyam yaxshi kutib olishdi. Ob-havo kechagidan bugun ozroq yaxshiroq edi. To'g'ri bugun ham shamol esda qaysidir holatda bu ikki tomonga ham qiyinchilik tug'dirdi.


"Nasaf" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика