So’nggi yangiliklar

13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  0 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  0 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  3 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  7 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   8 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  2 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  43 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  5

Ro'ziqul Berdiev: “Futbolchilarimiz yaxshi kayfiyatda va ertangi bahsga tayyor” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Futbolchilarimiz yaxshi kayfiyatda va ertangi bahsga tayyor”

OCHL 3-turidan o'rin olgan “Al Jayish” – “Nasaf” uchrashuvi ollilan o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab "Nasaf" ustozi Ro'ziqul BERDIEV ishtirok etdi.

- Guruhimizda hozircha “Al Jayish” jamoasi etakchilik qilmoqda.Ikki o'yinda 6 ochko jamg'arishdi. BAAning bugungi kundagi eng kuchli jamoasi “Al Ayn”dan olti ochko olish bu “Al Jayish”ning kuchidan dalolat berib turibdi. Biz jamoa ishtirkidagi o'yinlarni ko'rib chiqdik. Jamoa tartibli o'yin ko'rsatadi va individual jihatdan kuchli futbolchilarga ega. Qarshi hujumlardan ham samarali foydalanishga intilishadi. Biz ertangi o'yinda o'zimiz uchun ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun harakat qilamiz. Tarkibimizda yo'qotishlar yo'q. Barcha futbolchilar yaxshi kayfiyatda va ertangi bahsga tayyor.

-2014 yilgi OCHL pley ofida ham “Al Jayish” bilan “Nasaf” to'qnash kelgan va jamoangiz mag'lub bo'lgandi. O'sha “Nasaf” bilan hozirgisini taqqoslaganda qaysi tomonlama jamoa ilgarishisi bilan farqlanadi?
-Menimcha, o'tgan yillar davomida har ikkala jamoa tarkibidayam katta o'zgarishlar bo'lgan. Jamoamizda ijobiy o'zgarishlar bor. Ertangi ikki yil oldingi bahsdan tubdan farq qiladi. Buni ertangi bahsda ko'rib kuzatamiz.

-Guruhdan keyingi bosqichga chiqishda qaysi jamoalarning imkoniyatini yuqori baholaysiz?

-O'tgan o'yinlar ko'rsatdiki, barchada imkoniyat yuqori. Albatta, ikkita g'alabadan keyin “Al Jayish”ning imkoniyat boshqaralarga qaraganda yaxshiroq. Lekin o'ylashimcha, pley offga chiqish uchun kurash so'nggi turlargacha keskin kechadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика