So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  2 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

Ro'ziqul Berdiev: "Futbolchilarim "So'g'diyona"ni "bir oyoqda" yutamiz deb o'ylashdi shekilli" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Futbolchilarim "So'g'diyona"ni "bir oyoqda" yutamiz deb o'ylashdi shekilli"

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Nasaf" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.



"O'yin haqiqiy kubok bahsi bo'ldi. Natija uchun ikkala jamoa kurashdi. Bilamiz Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jamoa doim oxirigacha kurashadi.

Bugun ikkala jamoa ham standart vaziyatlardan unumli foydalanishga urinishini bilardik. Etibor qilsangiz to'rtta gol ham standart vaziyatdan urildi. Bahs qaysidir jamoa ustunligida o'tdi deb bo'lmaydi, biz ham, mezbonlar ham g'alaba uchun birdek harakat qildi.

Birinchi taymdagi o'yinimizdan juda ham norozi bo'ldim. Buni tanaffus vaqtida ham aytdim. Futbolchilarim "So'g'diyona"ni "bir oyoqda" yutamiz deb o'ylashdi shekilli. Biroq kurashmasak yaxshi natija bo'lmasligini uqtirdim.

Ikkinchi taymdagi bazi o'zgarishlar o'yinimizni kuchaytirdi. Buni gol urib amalda isbotladik. Norxonovning yuqorida juda yaxshi harakat qilishini futbolchilarga har qancha tushuntirmaylik, baribir o'z vaziyatidan foydalanib ketdi.

Jamoamizda uch nafar darvozabon bor. Nematov va Ergashev turli terma jamoalarda o'yinlar o'tkazishgan. Azamat Soyibov ularga nisbatan kamroq o'yin amaliyotiga ega edi. SHu bois bugun Azamatga imkoniyat berdik.

Guruhdan chiqish uchun "Bunyodkor", "So'g'diyona" va "Nasaf" teng imkoniyatga ega. Balki uchala klub ham keyingi bosqichga chiqar, eng yaxshi ikkita uchinchi o'rin ham chiqadiku.

O'yin paytida ikkala jamoa azolari bir birlariga keskin o'ynashdi, ammo bahsdan so'ng buni unutishdi.

Hakamlarga bugun etibor ham qilmadim (kuladi)," - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика