So’nggi yangiliklar

20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  0 19:40Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  7 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  1 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  8 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  2 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  2 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  1

Ro'ziqul Berdiev: “Futbol sharhi” ko'rsatuviga guruhdan chiqsak albatta boraman" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Futbol sharhi” ko'rsatuviga guruhdan chiqsak albatta boraman"

20 fevral kuni “Nasaf” futbol klubi taqdimot marosimi o'tkazgani haqida xabar bergan edik.
Ana shu taqdimot marosimi so'nggida jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jurnalistlar va muxlislarning ko'plab savollariga javob berdi.

Hozir ana shu savol – javoblardan diqqatimizni tortgan mavzular haqida siz aziz o'quvchilarimiz bilan o'rtoqlashishni lozim ko'rdik.

Savollarning ko'pchiligi jamoa tarkibi yuzasidan bo'ldi. Savollardan shuni anglash mumkin ediki, ko'pchilik muxlislar yangi mavsumda jamoa tarkibi legioner futbolchilar hisobiga kuchaytirilishini kutishgani sezilib turdi.

– Safimizga yangi qo'shilgan xorijlik futbolchilar biz bilan bir mavsumga shartnoma imzolashdi. Bu biz uchun ham ular uchun qulay deb, hisoblayman. Muxlislar doim bizga “nega kuchli legioner futbolchilarni olmaysizlar”,-deb murojaat qilishadi. Men bu savolga imkonimiz chegaralangani haqida gapirib kelaman, kuchli legioner futbolchi qimmat turadi, qurbimiz etadiganlarning aksariyatining bizning o'yinchilardan ustunligi yo'q. Yangi olgan o'yinchilarni olib, tarkibimiz juda kuchayib ketdi, deya olmaymayman, biz faqat ayrim “kemtik joylarimiz”ni to'ldirdik xolos.

- Agar bu legioner futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatib, barchaning etiboriga tushsa, qo'ldan chiqarib qo'yishdan cho'chimaysizmi?

– Yo'q, bundan cho'chimayman, legioner futbolchi ham birdan o'zini ko'rsatishi qiyin, ularni jamoa o'yiniga moslashib ketishi uchun ham vaqt kerak bo'ladi. Agar moslashish jarayoni tezroq bo'lsa – bu bizga ham, o'zlariga ham yaxshi albatta. Xorijda bo'lgani kabi bizda ham qaysiki legioner yoki o'zimizni o'yinchilar o'zlarini ko'rsatishsa, ularga boshqa jamoalardan qiziqish ko'payadi. Masalan, bu yil Artur Gevorkyan bilan tuzgan shartnomamiz muddati tugagan edi. Unga juda ko'p takliflar bo'ldi. 2013 yilda ham shunday bo'lgan edi. Lekin uning o'zi jamoamizda qolishni afzal ko'rdi, ko'pchilik o'ylashi mumkin, Artur legioner o'yinchi sifatida ko'p maosh oladi, shunga ketmagandir deb, yo'q Artur bizga mana shuncha maosh bersangiz qolaman, bo'lmasa ketaman deb, hech qachon aytmagan, uning olayotgan maoshi mahalliy o'yinchilar maoshidan katta farq qilmaydi. U xuddiki o'zimizning odamdek bo'lib qoldi. Uning “Nasaf”ga sodiqligi, bizning unga bo'lgan hurmatimizni oshirayapti. Umid qilaman boshqa jamoamizga kelgan o'yinchilar ham shunday yo'lni tanlashadi. Biz doimo ana shunday do'stona muhit uchun ish olib boramiz.

– Sizlarga aytsam, bu yil Toshkentning “Bunyodkor” klubi SHuhrat Muhammadiev va SHohruh Gadoevlarga “xaridor” bo'ldi va rasman murojaat qilishdi. Ammo bu o'yinchilarimiz ham o'zimizning jamoada faoliyatini davom ettirishni afzal ko'rishdi.

– Bundan bo'yon o'yinchilarni asosan o'zimizni futbol maktabidan olamiz, shuni unutmangizlar bizda ham talantlar juda ko'p, faqat bularga ozroq etibor va qiziqish bildirsangiz kifoya. Bu yil ham bir nechta shunaqa yosh o'yichilarni asosiy tarkibimizga qo'shib oldik, ularning o'yinlariga o'zlaringiz baho berasizlar. Agar umidimiz ushalsa, yani ular asosiy tarkibimizga o'rnashib olishsa, keyin “qariya”larimizni “nafaqa”ga chiqarsak ham bo'ladi (kulib).

Muxlis – Abror Xuramov savoli: – Sizga ikkita savolim bor, nega siz “Futbol sharhi” ko'rsatuviga chiqmaysiz? Bu haqda ko'rsatuv muallifi – Zafar Imomxo'jaevga ham murojaat qildik, u kishi “Ro'ziqul Berdiev rozilik bermayati”,-dedilar, biz u kishiga unda shu ko'rsatuvni Qarshida tashkil qilish to'g'risida taklif kiritgandik, u kishi: “Qaranglar Qarshilik muxlislar, jamoa murabbiyi kabi g'o'ruri baland”,-deb javob berdi. Keyingi savolim SHohruh Gadoevning ahvoli to'g'risida fikringizni bildirsangiz.

– “Futbol sharhi” ko'rsatuviga OCHL guruh bosqichidan chiqaylik, albatta boraman (kulib). Keyingi savolingizga javobim, SHohruh katta jarohatdan keyin tiklanish jarayonini o'tkazayapti, unda sal qo'rquv bor, ammo u avvalgi holatiga qaytish uchun katta mehnat qilayapti, umid qilamanki u buni uddalaydi.Bu yilgi mavsumda avvalgi SHohruhni ko'rsak, ajab emas.



Diqqat! FIFA.UZ saytida OCHL guruh bosqichi uchun jamoa tuzib musobaqaning rasmiy to'pini yutib olish mumkin! Jamoa tuzishga o'tish.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика