So’nggi yangiliklar

17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  2 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

Ro'ziqul Berdiev: "Etakchi futbolchilarimiz biz kutgan o'yinni ko'rsata olmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Etakchi futbolchilarimiz biz kutgan o'yinni ko'rsata olmadi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.






"Navbatdagi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritish oson bo'lgani yo'q. Guruhimizdan bir xil kuchga ega jamoalar joy olgan edi. Raqiblarimizni ham keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayman. Bugungi o'yin og'ir o'tganini sabablari bor. Buni tushunib turibmiz. Qaysidir manoda tezkor goldan so'ng o'yin tempi raqib tomoniga o'tdi. SHu bois ayrim rejalashlarimiz o'xshamadi. Qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishimiz talab etilardi. Golimizdan so'ng "Bunyodkor" ko'pchilik bo'lib hujum tashkil qildi. SHunday pallada qarshi hujumlarni boshlay olmadik. Eng katta kamchiligimiz shunda bo'ldi. Aytishim mumkinki, bugun etakchi futbolchilarimiz biz kutgan o'yinni ko'rsata olmadi. Albatta mazkur omil ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Marko Stanoevichni hujumda sinab ko'rishni o'ylab ko'rganmisiz?
- Stanoevichda hujumda o'yinash uchun kerakli hususiyatlar yo'q bo'lsa kerak. U markaziy yarim himoyada yaxshi harakat qiladi.

- Oybek Bozorov qachon safga qaytadi?
- Hozirda jismoniy holatini yaxshilash maqsadida zarur yuklamalarni olmoqda. Yana bir haftadan so'ng umumiy guruhga qaytadi.

- Ikkinchi bo'limning 60-daqiqasidan so'ng uzoqdan zarbalar va hujumlar kamayib ketdi...
- Tan olaman bugun biz kutgan o'yin chiqmadi. Bundan xulosa chiqaramiz.

- "Bunyodkor" bilan chempionat doirasidagi o'yindan nima kutyapsiz?
- Ularning qanday kuchga egaligini ko'rdik. Bu o'yinga jiddiy qaraymiz.

- Dilshod Saitovning o'yinida pasayish kuzatilgandek...
- Buni o'ziga ham aytdim. U o'z darajasiga qaytishi kerak. Bu ko'p o'yinchilarga tegishli. Ularning aksariyatini darajasi pastlagan. OFK kubogiga tayyorgarlik ketyapti. Raqiblarni o'rganmoqdamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика