So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  10 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga natija uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga natija uchun o'ynaymiz"

OCHL doirasidagi "D" guruhi 1-tur uchrashuvi "Nasaf" - "Traktorsoziy" o'yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda jamoa sardori Artur Gevorkyan ishtirok etdi.
Ro'ziqul Berdiev: "Osiyoning eng nufuzli musobaqasida qatnashayotganimizdan xursandmiz. biz va muxlislarimiz buni juda istagan edik va maqsadimizga erishdik. "Traktorsoziy" jamoasi kuchli va jiddiy raqib sanaladi. Ertaga o'z muxlislarimizni xushnud etishga harakat qilamiz" To'g'ri, maydonning holati chiroyli futbolga imkon bermasligi mumkin. Ammo asosiy vazifa bu g'alaba qozonish O'tgan mavsumlardagi ishtirokimiz bizga katta dars bo'ldi va bundan kerakli saboqlarni chiqarib oldik".


Artur Gevorkyan: Biz mavsumga jiddiy hozirlik ko'rdik. Umid qilamanki, ertangi o'yinda ob-havo bizga yaxshi futbol ko'rsatimizga to'sqinlik qilmaydi. "Traktorsoziy" jamoasini imkon qadar yaxshi o'rganib chiqdik. Raqib ham kuchli jamoa va ularga qarshi katta etibor bilan o'ynash talab etiladi.

- OCHLda ham to'purarlikka harakat qilasizmi?
Artur Gevorkyan: - Xudo xohlasa bu ham amalga oshib qolar. Agar bu ishni uddalasam ham juda yaxshi bo'lardi. Biroq asosiysi jamoamizning g'alabasi. Kim gol kiritishini esa farqi yo'q.


- "Nasaf" ertaga o'z o'yinini namoyish etadimi yoki raqibga qarab boshqa reja tuziladimi?
- Raqib ancha jiddiy. "Nasaf" ertaga muxlislarga g'alabani taqdim etishga harakat qiladi. Asosiysi - bu g'alaba. Biz ertaga o'z o'yinimizni ko'rsatamiz deya olmayman. Natija uchun o'ynaymiz. Jamoaga qarab va maydonning holatini inobatga olib, o'yinga o'z rejamizni tuzamiz.

- Futbolchilarning jismoniy holati qay darajada?
- Mavsumga taraddud ko'rish jarayonida futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha ancha ishladik va bu borada katta muammolarga duch kelamiz deb o'ylamayman. Hozirda futbolchilarning jismoniy holati 90-95 foizga tayyor deb ayta olaman.

SHahboz Beg'amov 

Qarshi shahridan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика