So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  20 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Eng muhimi, uch ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Eng muhimi, uch ochkoni qo'lga kiritdik"

"Nasaf" - "SHo'rtan" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

- “Derbi” maqomidagi o'yinlar doim og'ir kechgan.  Bugungi uchrashuv ham  biz uchun oson kechmadi. Sababi jamoamiz katta kuch yo'qotdi. SHunga qaramay, eng muhimi, uch ochkoni qo'lga kiritdik. OCHLdagi g'alabadan keyin  futbolchilarni chempionat o'yiniga ruhan tayyorlash biroz qiyin kechdi. O'yinimizda biroz pasayish kuzatildi.  Albatta, “SHo'rtan”ning kuchsiz jamoa emas. Bugungi o'yin bilan ularnining o'yiniga haqiqiy baho berib bo'lmaydi. Jamoada yaxshi o'yinchilar bor. Mavsum davomida ular yaxshi natijalarga erisha olishadi.  Bugun“SHo'rtan”da himoyada muammolar borligi bilinib qoldi. Hujum chizig'ida Zafar Polvonov ham o'ynamadi. Biz ko'plab vaziyatlar yarata oldik, ammo gol kam bo'ldi.
 
- Bolevich? Birinchi o'yin juda muhim o'yin. Unda o'yin amaliyoti kamligi uchun maydonga tushirmadik. Keyingi uyinlardan unga imkoniyat beramiz. Bobir Abdiholiqov? U bundan oldingi ikkita qiyin uchrashuvda asosiy tarkibda harakat qildi.  U yosh futbolchi. SHu bois uni bugun zaxirada ushladik. Taktik jihatdan shunday qarorga kelgandik.  Ildar Mamatkazin? U birinchi o'yinda yomon o'ynamadi. Biz unga ishonamiz, - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

"Nasaf" matbuot xizmatidan saytimiz uchun maxsus

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика