Ro'ziqul Berdiev: "Natijadan qoniqmadik"
21 apr 2018 21:01
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Natijadan qoniqmadik"
“Qo'qon-1912” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot-anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev va jamoa etakchisi Jasur Hasanovlar ishtirok etishdi.
- Bugun g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik. Lekin vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Bugun asosan qarshi hujum taktikasida o'ynadik. Durang natija bugun bizni qoniqtirmadi.
Bugun qarshi hujumlardan samarali foydalanishni maqsad qilgandik. O'yin tashkil etish borasida shogirdlarim o'yinidan ko'nglim to'ldi. “Qo'qon-1912” ancha shakllangan jamoa sanaladi. SHuning uchun bahs og'ir bo'lishini bilardim, - deydi Ro'ziqul Berdiev.
Jasur Hasanov: - Bugun o'yin yaxshi bo'ldi. Muxlislar chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi. G'alaba uchun Qo'qonga kelgandik. Lekin futbolda durang va mag'lubiyatlar bo'ladi. Keyingi bahsda uch ochko olishga harakat qilamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar