So’nggi yangiliklar

21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  0 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  11 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  2 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  29 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5

Ro'ziqul Berdiev: “Durang adolatli bo'ldi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Durang adolatli bo'ldi”

Superliga 5-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev va jamoa darvozaboni Sanjar Quvvatovlar OAV vakillarining savollariga javob qaytarishdi.

- Bugun uchrashuv kurashlarga boy tarzda o'tdi. Har ikki jamoa ham to'p, maydon va g'alaba uchun kurashishdi. Aynan shu sababli o'yin sifat borasida mazmunsizroq chiqqan bo'lishi mumkin. O'ylashimcha, bahs durangga mos bo'ldi. Bu hol g'alabani hech bir jamoa tomonda bo'lishiga imkon bermadi. Durang haqli tarzda qayd etildi, deb aytgan bo'lardim. “Navbahor” va “Nasaf” kabi jamoalar hech qachon durang natijadan qoniqish hosil qilmaydi. Oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan jamoalar hech qachon durang kuzatilganida, bundan qanoat hosil qilmaydi. SHunday ekan natijadan qoniqmadim. Bahsda ikki jamoa ham g'alabaga erishishi mumkin edi. Masalan, “Navbahor” jamoasining hujumlari chog'ida to'p darvoza ustuni va to'siniga tegib qaytdi. O'z navbatida jamoamiz qarshi hujumlarda yaxshi harakat qila olmadik. So'nggi uchrashuvlarda ko'plab vaziyatlarga ega bo'lsakda, imkoniyatlardan samarali foydalana olmayapmiz. G'alaba qozonish uchun esa vaziyatlarni golga aylantirish talab etiladi. Gol ura olmayotganligimiz bizning kamchiligimiz sanaladi. Himoyada bexato to'p surayotgan bo'lsakda, hujumda sovuqqonlik bilan harakat qilishimiz lozim. CHeran malum vaqt davomida jarohatini davolashga majbur bo'ldi. Ayni paytda unda o'yin amaliyoti kamroq. Bugun uni “Navbahor” muxlislarining bosimiga dosh bera olishi uchun maydonga tushirgandik. Ikkinchidan namanganliklar standart vaziyatlar juda xavfli raqib sanaladi. SHuning uchun ikkinchi qavatda yaxshiroq o'ynash maqsadida Draganni tarkibga kiritgandik. 

Sanjar Quvvatov: - O'yin juda qiyin bo'ldi. Bugun g'alaba qozonishimiz yoki mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Bosh murabbiy aytganlaridek, o'yin sifat borasida u qadar yaxshi o'tmadi. Maydonda har ikki jamoa keskin kurashga kirishdi. Muxlislar ham jamoalarni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Fursatdan foydalanib, Qarshidan kelib bizga dalba bo'lgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman.


"Navbahor" matbuot xizmati.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика