So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Ro'ziqul Berdiev: “Dinamo” etakchilarga munosib qarshilik ko'rsata oladi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Dinamo” etakchilarga munosib qarshilik ko'rsata oladi”

Matbuot anjumaniing ikkinchi qismida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul BERDIEV ishtirok etdi.
-“Dinamo” juda yaxshi jamoa. Biz bu jamoaning o'yinlarini tahlil qilganimizda buni bilgandik. CHunki bu jamoa oxirgi o'yinlarni faqat etakchi jamoalar bilan o'tkazdi. Garchi ular kuchli jamoalardan bir to'p farki bilan engilgan bo'lsada, murabbiy o'yinni yaxshi tashkil etgani ko'zga tashlanib turgandi. SHu sabab bu bizga qiyinchilik tug'dirdi. Qolaversa, bugungi jaziramada maydonda 90 daqiqa harakat qilishning ham o'zim bo'lmasdi. Omad ham bugun biz tomonda bo'ldi. G'alabaning omillaridan biri ham shu bo'ldi.

-Zaxiradagi futbolchilarni odatda, o'yin tugashiga 10-15 daqiqa qolgandad maydonga tushirasiz? Bu ularning imkoniyatdan kelib chiqib qilinadimi yoki buning boshqa sababi bormi?

-Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, bunga sabab bor edi.  CHunki biz bilan maydonga chiqqan beshta futbolchi terma jamoalari ixtiyorida edi. Ularning tayyorgarlik darajasi ham turlicha edi. SHu bois bugun Sayfievni  o'yinni kuchaytirish uchun uni zaxiraga olib qolgandim. Roy Rokni eski jarohati bezovta qilgani uchun ikkinchi bo'lim boshida Sayfievni maydonga tushirishga majbur bo'ldim. Umuman zaxiradan futbolchini vaziyatga qarab maydonga tushiramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика