Ro'ziqul Berdiev: "Davralar oralig'ida katta o'zgarishlar qilmaymiz"
14 iyu 2014 09:00
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Davralar oralig'ida katta o'zgarishlar qilmaymiz"
Qarshining "Nasaf" jamoasi birinchi davradan so'ng turnir jadvalida 3-o'rinni band etib turibdi.
Bizningcha buni ijobiy natija desa bo'ladi. Lekin "ajdarlar" mamlakat Kubogining yarim finalida "Bunyodkor"ga imkonyatni boy berdi. Kechadan ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlagan "Nasaf" mashg'ulotlarni kuchaytirmoqda. SHu asnoda biz bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievga bir qator savollar bilan murojaat qildik.
- Ro'ziqul aka, birinchi davradan olgan taassurotlaringiz qanday?
- Oxirgi yillarda bo'layotgani kabi joriy mavsum ham yana o'sha to'rtta grand klub ajralib qolmoqda. Lokomotiv, Paxtakor, Nasaf hamda Bunyodkor. Ochig'ini aytganda, chempionat avvalida Olmaliq, Qizilqum, Neftchi hamda Navbahor singari klublarni ham etakchilarga qatoriga qo'shilishini kutgandik. Lekin unday bo'lmayapti. SHuning uchun u qadar jiddiy o'zgarishlarga guvoh bo'lmadik. Boshqacha aytganda, har galgidek 4ta klub ishtirokida kurash kechmoqda.
- Jamoangizning ishtirokidan ko'nglingiz to'ldimi?
- O'zingizga yaxshi malumki, qishki yig'inlar chog'ida selekciyada katta xaridlarni amalga oshira olmagandik. Aniqrog'i bunga moddiy imkoniyatimiz yo'l qo'ymasdi. SHu bois iloji boricha o'tgan yilgi tarkibimizni saqlab qolib, kurashchan jamoa tuzishga urindik. Biz musobaqa oldidan imkon qadar yuqori uchlikdan joy egallashni maqsad qilgandik. Tanaffusga 3-o'rinda chiqib ketganimizni olib aytadigan bo'lsak, hozircha hammasi joyida. To'g'ri, birinchi davra mobaynida o'zimiz yo'l qo'ygan ayrim xatolar evaziga qimmatli ochkolarni boy berdik. SHuningdek Kubokda final yo'llanmasidan quruq qoldik.
- Darhaqiqat, Nasaf endi bor etiborini chempionat o'yinlariga qaratadigan bo'ldi. Muxlislar kelasi yil jamoani xalqaro musobaqalarda ko'rishni juda-juda istamoqda. Hozirgi o'rindan ham yuqoriga ko'tarilish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Albatta endilikda diqqatimizni chempionatga qaratamiz. Lekin bilasizmi hozir sizga mana bu o'rin uchun kurashamiz deya olmayman. Imkon qadar bundan-da yuqoriga ko'tarilish uchun harakat qilamiz.
- Birinchi davrada qaysi futbolchilar o'zini ko'rsata olmadi?
- Hozir nomlarni aniq aytmayman. Lekin hujumchilarimizdan ko'p narsa kutgandik. Oldin sermahsullik borasida ular yaxshi natija ko'rsatgandi. Biroq hozircha biz kutgandek bo'lib chiqmayapti.
- Davralar orlig'ida kimlar bilan xayrlashishni o'ylamoqdasiz?
- SHu kungacha hech bir futbolchi oldimga kelib, jamoadan ketish haqida aytmadi. Ammo biz ayrim o'yinchilar bilan xayrlashishimiz mumkin. Ularning kimligini aytmay turaman.
- U xolda aytingchi kuchaytirilishi kerak bo'lgan poziciyalar deb qaysi chiziqlarni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Bir narsani aniq aytishim mumkinki, davralar oralig'ida ham katta haridlarni amalga oshirmaymiz. Hozir biz istagan o'yinchini olib kelish uchun, yaxshigina mablag' zarur bo'ladi. Bunga moliyaviy tomondan tayyor emasmiz. Maqsadimiz mahalliy yoshlarni to'g'ri tarbiya qilib, ularni asosiy tarkibga moslashtirib borishdan iborat. CHunki futbolda ertangi kunni ham o'ylash kerak.
- Joriy mavsumning dastlabki qismida bir qator yoshlarga imkoniyat berdingiz. Ular ishonchingizni qay darajada oqlamoqda?
- Kubok va chempionat o'yinlarida yoshlar jamoamiz tarkibida o'zini ko'rsatishga erishgan ayrmi o'yinchilarni asosiy tarkibda ham sinab ko'rishga qaror qildik. Yoshlar har doim ham bir xilda barqaror o'yin namoyish etavermaydi. O'sish yoshida ular bugun yaxshi o'ynasa, ertaga aksincha bo'lishi ham mumkin. SHu bois kimnidir maqtab o'tirmoqchi emasman. Yoshlarga ozgina vaqt kerak.
- Yoshlar ligasida Nasaf qoniqarli natija qayd etib turibdi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha, albatta. Boshida yoshlar jamoamizning natijalari maqtagulik darajada emasdi. Keyinroq hammasi izga tushdi. Yoshlar jamoamiz bizning eng kerakli zaxiramizdir. Ularni to'g'ri tabriyalamoq zarur. Birinchi davradan so'ng Nasaf yoshlari 4-o'rinni egallab turibdi. Tarkib jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, qoniqarli natija desa bo'ladi. Bunda murabbiylarning mehnati katta. Lekin bu bilan to'xtab qolmasdan, yanada oldinga intilish kerak.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.

Fikrlar