So’nggi yangiliklar

22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10

Ro'ziqul Berdiev: “CHeran o'zimizga ham kerak” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “CHeran o'zimizga ham kerak”

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul BERDIEV ishtirok etdi va o'yin haqidagi quyida fikrlarni bildirdi.

- Raqibimiz bugungi o'yinga qanday taktika qo'llashini oldindan bilardik. Ularning asosan himoyalanib, tezkor qarshi hujumlar uyushtirishlarini kutgandik. SHunday ham bo'ldi. “Metallurg” jamoasida tezkor hujumchilar bor. Biz shularni hisobga olib tayyorgarlik ko'rgan edik. Futbolchilarimiz bugun ko'rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. Bugun shuningdek futbolchilarimiz maydonda erkinroq va mazmunli o'yin namoyish etishdi.

CHeranga taklif bo'layapti? Albatta bu tabiiy hol, bizning futbolchilarimizga doim qiziqish katta bo'ladi. CHeran o'zimizga ham kerak, u bilan hali bir yillik shartnomamiz bor. Asosiy maqsadimiz etakchi o'yinchilarimizni jamoada olib qolish. Bu oldimizda turgan dolzarb maqsad. Bu haqda klubimiz rahbariyatiga ham aytaman, albatta. CHunki bu jamoamizning keyingi faoliyati uchun ham juda zarur.

Standart vaziyatlardan foydalanmaslik haqida. Afsuski, bu bizning kamchiligimiz. O'tgan o'yinda ham, bugun ham ko'plab standart vaziyatlardan foydalana olmadik. Bunday vaziyatlardan foydalana olishlik, raqib rejasini buzadi. Bu kamchilik ustida ishlaymiz.

Bugun zaxira darvozabon sifatida G'olib G'aybullaevni qaydnomaga kiritdik. Bunga majbur bo'lganimiz sababi, 2- ligada va o'rinbosarlarimiz safida o'ynaydigan darvozabonlarimiz diskvalifikaciyalar tufayli bizga yordam bera olishmasdi. Qolaversa, yana bir darvozabonimiz Umid Ergashev yoshlar terma jamoasiga jalb etilgani bo'ldi.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика