Ro'ziqul Berdiev: "Bunday muhitda o'ynash har bir jamoa uchun yoqimli"
15 mar 2025 22:22
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Bunday muhitda o'ynash har bir jamoa uchun yoqimli"
O'yin haqida
- Ajoyib o'yin bo'ldi. Bunday muhitda o'ynash har bir jamoa uchun yoqimli. Muxlislarga minnatdorchilik bildirish kerak.
O'yinning boshidagi bosimga dosh bera olmadik. Shuning evaziga gol o'tkazib yubordik. To'p nazoratiga urg'u qaratdik va vaziyatlar yarata oldik. Ikkinchi bo'limda har ikki jamoada imkoniyatlar bo'ldi. Biroq, bugun durang natija qayd etildi.

- "So'g'diyona" bilan o'yindan keyin bugun rotaciya qilganingizga sabab nima?
- Biz o'zgarishlarga majbur bo'ldik. Sherzod Nasrullaev jarohat oldi. Nurullaev va Cholovich rotaciya qilindi. Tarkibimizda etarlicha futbolchilar bor, barchasiga imkoniyat taqdim etishimiz kerak.
- Xebay 2 ta turdan buyon o'ynamayapti. Uning holati qanday?
- Xebayning holati yaxshi, bir oz betob. FIFA kunlaridagi tanaffusdan so'ng jamoa safiga qaytadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar