So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun olti ochkolik o'yin bo'ldi, ammo "Paxtakor"ni hisobdan chiqarib bo'lmaydi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun olti ochkolik o'yin bo'ldi, ammo "Paxtakor"ni hisobdan chiqarib bo'lmaydi"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

O'yin haqida

– Muxlislarni xursand qilishni juda ham xohlagan edik va bunga erishdik. Bugun "Paxtakor"ning 5-4-1 sxemasida o'ynashini kutmagandik. Ammo, shunga qaramay raqib himoyasini yorib o'tishga urindik.

– Biz doim "Nasaf"dan yorqin o'yin ko'rib o'rganib qolganmiz, ammo bugun buni ko'rmadik. Bu nima bilan bog'liq?

– Bugungi o'yinga ko'p narsa tasir qildi. Avvalo, o'yin amaliyoti, bunga uzoq tanaffus sabab. Ikkinchidan, ko'p jamoalar bizga kelganda himoyaviy tanlagan holda bizga kam bo'sh zonalar qoldirmoqda. Bugun "Paxtakor" jamoasi bunday harakat qilishini kutmagandik. Bunday o'yinlarda natija birinchi o'rinda bo'ladi.

– Bugungi o'yinni olti ochkolik bahs deyish mumkinmi?

– Ha, albatta. Ammo, "Paxtakor" jamoasini hisobdan chiqarib bo'lmaydi. Sababi ularning tarkibida juda kuchli o'yinchilar bor, qolaversa yangi kelganlari ham jamoani kuchaytira oladi. Kurash mavsum so'nggiga qadar davom etadi deb o'ylayman. Ammo, bugungi o'yin juda muhim edi.

– Odatda murabbiylar yangi kelgan o'yinchini jamoaga moslashib keta olmaganini sabab qilib ko'rsatishadi va birinchi o'yinga qo'yib tavakkal qilishmaydi. Ammo, bugun jamoaga yangi kelgan o'yinchilarning ko'pi maydonda harakat qildi. Ular haqida nima deya olasiz?

– Bugun Kolovichga imkoniyat berdik. Sababi Stefan mavsum oldi tayyorgarligini o'tagan va sobiq jamoasi bilan mamlakatdagi ikkita turni o'tkazib bo'lgandi. Valentinning esa jsimoniy holati o'ziga kelgani yo'q. U sobiq jamoasida kam o'ynagan va so'nggi oylarda faqatgina terma jamoada ikkita bahs o'tkazgandi.

– Bugun da Silva ko'rinmadi. Uning ahvoli qanday?

– U mashg'ulotlarga kirishdi, ammo jarohatidan to'liq forig' bo'lganicha yo'q. SHu sabab da Silvani qaydnomaga kiritmadik. SHuningdek, Muhammadiev o'tgan o'yinda jarohat olgandi.

– Savolim Marko Stanoevich haqida. Ushbu tajribali o'yinchini ko'p maqtagansiz, ammo yosh o'z so'zini aytmoqda. Uni kelajakda murabbiylar shtabida ko'rishimiz mumkinmi?

– U bilan bazida ish berishimiz, klubga selekcioner qilib qo'yish haqida hazillashamiz. Uning o'yinidagi pasayish jarohat olgani bilan bog'liq. 35 yoshda olingan jarohat qattiq tasir qiladi. Buni kelajakda ko'rib chiqamiz.

– Ikkinchi davra oldidan nima ustida ishlashga ko'proq urg'u berdingiz.

– Vaqtimiz kamligi uchun ko'proq tiklanishga etibor qaratdik. O'yinlar orqali jismoniy tayyorgarligimizni yaxshilashimizga to'g'ri keladi. Ikkita tarkibimiz borligi esa rotaciya qilishga imkon beradi va bu borada yordam beradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика