So’nggi yangiliklar

21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  2 21:00Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" (онлайн ҳисоб)  20 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  3 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  1 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  7 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  4 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  2 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  3

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun muxlislar 12- o'yinchimizga aylanishdi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun muxlislar 12- o'yinchimizga aylanishdi”

Matbuot anjumaninning ikkinchi qismi “Nasaf” bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev bilan kechdi.
-Bugungi o'yinimizda bizni Qashqadaryoning har bir burchagidan muxlislar kelib bizni qo'llab-quvvatlab, haqiqiy manoda 12-o'yinchimizga aylanishdi. Bizni qo'llab-quvvatlagan barcha o'z minatdorchiligimni bildiraman. Bugungi g'alaba barchamizniki. O'ylaymizki, bugun ishqibozlar stadionni xursand holda tark etishdi. Futbolchilarimiz ham o'zlarini har tomonlama ko'rsatishdi va muhim g'alabaga erishdik,- deya gap boshladi Ro'ziqul Sadullaevich. – O'yinga keladigan bo'lsak, biz “Paxtakor”ning o'yinlarini chuqur taxlil qilgan edik. Har bir chiziqdagi o'yinchisini mukammal o'rgangan edik. “Paxtakor” kuchli tarkibga ega jamoa. Har qanday maydonda, har qanday raqibga qarshi o'z o'yinini ko'rsata oladi. SHu bois bugungi o'yindagi vazifalarmizdan biri- mehmonlarni o'z o'yinlarini namoyish etishga yo'l qo'ymaslik edi. Yigitlar talabimizni yaxshi bajarishdi. Maydonning har bir qarichida keskin kurash kechdi. Va shuni hisobiga biz haqli ravishda final yo'llanmasini qo'lga kiritdik, deb o'ylayman. Bu adashmasam to'rtinchi bor finalga chiqishimiz. Avvalgi finallarning barchasida mag'lub bo'lganmiz. Lekin bu gal shu qora ananaga chek qo'yib, muxlislarni xursand etish niyatidamiz. Finalda “Bunyodkor”ga qarshi to'p tepamiz. Raqibimiz har tomonlama shakllangan, tarkib borasida yurtimizdagi eng etakchi jamoa hisoblanadi. SHunga qaramay o'yin bobida “Bunyodkor”ga raqobatlasha olamiz.

-Ikkinchi bo'lim avvalida etakchi futbolchilaringizdan biri Gadoev jiddiy jarohat olib maydonni tark etdi. Uning ahvoli qanday?
-Hozir uning holati haqida menga xabar berishdi. SHohruhning oyog'ining kichik panjasiga jiddiy jarohat olgan. Kamida ikki-uch hafta maydonga tusholmasligi mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика