Ro'ziqul Berdiev: "Bugun biz ikki ochko yo'qotdik"
01 iyu 2014 21:49
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Bugun biz ikki ochko yo'qotdik"
O'yin og'ir bo'ldi.
Bugun jamoamiz kutilgan o'yinni ko'rsata olmadi. Raqib birinchi bo'lib gol
kiritganidan so'ng, bizni rejalarimizni buzib yubordi.
Asosan ikkinchi bo'limga
kelib futbolchilar xarakter ko'rsata olishdi. Biz ikki xil bo'lim guvohi bo'ldik. Umuman
olganda, bugungi o'yin durang natijasiga mos bo'ldi. “Paxtakor” balki bir ochko
ishlagandir, lekin biz ikki ochko yo'qotdik. Natijadan ko'nglim to'lmadi. So'nggi
yillarda “Paxtakor” bilan ko'p durang natijasi qayd etilayotganiga kelsak, bu
haqida aniq fikr bildira olmayman.
Biz hech qachon maydonga durang qilish uchun
tushmaymiz. Biz yuta olmayotgan bo'lsak,
demak raqibni ham kuchini tan olish lozim. Bugungi o'yinda bazi
futbolchilar o'zlaridan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olishmadi.
Fikrlar