So’nggi yangiliklar

19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  1 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  1 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  17 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  8 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  13 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  24

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun asabiy o'yinda g'alaba qozondik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun asabiy o'yinda g'alaba qozondik”

“Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi nihoyasiga etkach, mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich o'yin haqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

- Avvalo o'zim nomimdan qolaversa klubimiz nomidan “SHo'rtan” klubining rahbariyatiga va stadion xodimlariga katta rahmatlar aytaman. Ular biz uchun bugungi o'yinni ko'ngildagidek o'tkazishimiz uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib berishdi. Endi bevosita bugungi o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, o'yin biz uchun asabiyroq kechdi. Bunga sabab, raqimizning yaxshi himoyalanishi bo'ldi. Ikkinchi bo'limda gol kiritganimizdan so'ng, yigitlarimizda o'zlariga bo'lgan ishonch yanada ortdi va g'alabaga bo'lgan katta ishtiyoq evaziga yana ikkita gol kiritib, muhim g'alabani qo'lni kiritdik. Biz bugun uch ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak edi, chunki o'tgan  o'yinda ochko yo'qotgan edik. SHuning uchun bugungi o'yinga futbolchilarimizni faqat g'alaba qozonish uchun tayyorlagan edik. Ular biz murabbiylarni ishonchini ortig'i bilan qozonishdi. Yigitlarimizga buning uchun o'z tashakkurimni bildirib qolaman.
 
Oldinda terma jamoamiz o'yini bois tanaffus vujudga kelayapti. Bu tanaffusdan unumli foydalanish uchun ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirganmiz. Demak, 11 noyabr kuni  Toshkentda “Obod” va “Paxtakor” jamoalari bilan uchrashuvlar o'tkazamiz. Ikkala uchrashuv ham bir kunda bo'lib o'tadi, yani ertalab va kechga.
 
Bugungi uchrashuvda Bobir Abduxoliqov va SHarof Muhiddinovlarni maydonga tushirmaganimizga sabablar, ular bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida katta kuch sarf qilishdi. Ular shuningdek mashg'ulotlarimizga qo'shilganiga ikki kun bo'lgandi va kecha yoshlarimiz tarkibida ham ular to'p tepishdi. Bularni hisobga olib, ularga dam berishga qaror qildik. Ular ko'proq dam olishlari kerak. Ammo keyingi o'yinlarimizda bu o'yinchilarimiz albatta bizga yordam berishadi.
 
Dilshod Xushbakov? To'g'risi uning ko'rsatayotgan o'yinlari va ko'p gol urayotgani biz murabbiylarni xursand qilayapti. Biz uning ishtirokidagi o'yinlarni muntazam kuzatib borayapmiz. Unga alabatta asosiy tarkibimizda to'p tepishga hali imkon beramiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика