Ro'ziqul Berdiev: "Bu yilgi oldimizda turgan asosiy vazifa – mavjud jamoani saqlab qolish edi"
29 noy 2018 21:15
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Bu yilgi oldimizda turgan asosiy vazifa – mavjud jamoani saqlab qolish edi"
“So'g'diyona” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirdi:
- Biz bugun faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqqan edik. Birinchi bo'limda o'yinimiz uncha qovushmadi. SHu sababdan tanaffusda yigitlar bilan jiddiy gaplashib oldik va natijada ikkinchi bo'limni ancha mazmunli o'tkazdik. Gol kiritdik va yakunda g'alabani saqlab qola oldik. Bugun raqib jamoa ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Ochko bizdan ko'ra ularga ko'proq kerak edi. Lekin himoyachilarimiz ularga aslo imkon berishmadi. Bu yilgi oldimizda turgan asosiy vazifa – mavjud jamoani saqlab qolish edi. Buni uddalay oldik, deb o'ylayman. Bizni hamisha qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis.
Fikrlar