Ro'ziqul Berdiev: "Bu o'yinda yoshlarga imkoniyat berdik va ular yomon o'ynashmadi"
24 iyu 2015 00:37
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Bu o'yinda yoshlarga imkoniyat berdik va ular yomon o'ynashmadi"
"Asosiy vazifamiz keyingi bosqichga o'tish edi va buni uddaladik. Bu o'yinda asosan yosh futbolchilarga imkon berdik. O'ylaymanki, ular bugun yomon harakat qilishmadi. To'g'ri, tajriba kamligi biindi. Lekin shunaqangi uchrashuvlar orqali ular tajriba to'plab borishadi. Muhimi g'alabaga erishdik. Klub akademiyasi tarbiyalanuvchilarini maydonga tushirib bormoqdamiz va bunga jiddiy etibor qaratganmiz. Kubokdagi bazi o'yinlarda ularga imkoniyat berib, ko'p futbolchilarni sinab olyapmiz. Asta-sekin ularni tajribalarini oshirib borish maqsadimiz. Roy Rok hali biz bilan birga shug'ullanmayapti. Uning jarohatini jiddiy deya olmayman. Biroq shifokorlar hali unga mashg'ulotlarga ishtirok etishiga ruxsat berishmagan. Agarda Roy Rok "Paxtakor" bilan o'yinda maydonga tusha olmaydigan bo'lsa, unda Sayfievni uning o'rniga himoyada o'ynatamiz. "Bunyodkor" bilan o'yinda ham Rok ishtirok etolmagandi va Sayfiev uning o'rnini egallagandi. O'ylaymanki, Sayfiev o'shanda yomon harakat qilmagandi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Fikrlar