So’nggi yangiliklar

11:39«Ливерпуль» 30 ёшли Робертсонга «Ньюкасл» футболчисини ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 11:38Неймар ёзда «Барса»га қайтиши мумкин, Захавининг агенти каталонияликлар раҳбариятини кўндиришга уринмоқда. Флик ва унинг штаби мутлақо қарши  2 11:17«Атлетико» Ковачични "Ман Сити"дан 30 млн еврога сотиб олиши мумкин  1 10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  19 10:26«Барселона» Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди  11 10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  1 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  5 08:50Трансфермаркт. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  15 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  18 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4 07:39«Сўғдиёна» Сериа А чемпионатида ўйнаган футболчи билан шартнома тузди  2 07:24«Қўқон-1912» навбатдаги легионер билан шартома тузди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Bizni chap qanot o'ylantirmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bizni chap qanot o'ylantirmoqda"

Teglar :  Ro'ziqul Berdiev
Qarshining "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yangi mavsum oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"BAAdagi yig'inda futbolchilarning o'yin amaliyotiga qaratdik. 4ta o'yin o'tkazdik. Janubiy Koreyaning chempioniga qarshi, Xitoyning ikkita klubi va "Krilya Sovetov" klubiga qarshi o'yin o'tkazdik. Balki bu bahslarda natijalar qoniqarli bo'lmagandir. Lekin bizni qoniqtirgan narsa futbolchilraning o'yin amaliyotiga ega bo'lgani. Jamoamizda katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Sababi bir qator futbolchilarimiz jarohat olishgan, bazilar tibbiy ko'rikdan o'ta olishmadi. SHu bois selekciya ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari yoshlar jamoasida bir qator yosh futbolchilar asosiyga o'tkazilmoqda".

"Bizni o'ylantirayotgan narsa bu chap qanot himoya va chap qanot yarim himoyasida o'yinchilarning yo'qligi. Roy Rok ketdi, Farrux Sayfiev jarohat olgan, SHohruh Gadoev esa Bahraynga ketdi. Ularning o'rnini to'ldirishni istaymiz. Balki bu legioner bo'lar balki mahalliy futbolchi. OCHLda guruhimizda kuchli klublar o'rin olgan. Saudiya Arabistonining "Al Ahli" juda kuchli raqib, BAAning "Al Ayn" klubi va "Al Jayish" ham oddiy raqiblar emas. Bizning maqsadimiz guruhdan chiqish buning uchun oxirigacha kurashamiz".

"Oldimizda Superkubok uchun o'yin bor. Bizning jamoa hozircha bu sovrinni qo'lga kirita olmagan. SHu bois g'alaba qozonishga urinamiz. Hozir ikkala jamoa bir xil holatda. "Paxtakor"dan ham, bizdan ham bir qator futbolchilar ketishdi. O'sha kuni kim kuchli bo'lsa o'sha jamoa zafar quchadi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика