So’nggi yangiliklar

18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  1 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   4 17:09Уругвайга қарши ўйин олдидан Фабио Каннаваро нималар деди?  6 16:58Спаллетти Италия термасининг жаҳон чемпионатига чиқишига ишонади  3 16:39Килиан Мбаппе: "Роналду - энг зўри"  10 16:36Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 - Қозоғистон U20 баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  10 16:14"Барселона" Левандовски борасида бир қарорга келди  1 15:50Тарихда илк бор ўзбекистонлик футбол мутахассислари ФИФА қўмитасига тайинланди  130 15:21Стивен Жеррард собиқ жамоасини бошқаришни истамади  0 14:54Юлиан Нагельсманн Виртцни мақтади  0 14:38Бруну Фернандеш: "Саудия Арабистонидан бўлган таклифни ўйлаб ҳам кўрмаганман"  2 14:21Андоррага қарши ўйинга 2 кун қолганида Сербия термаси бош мураббийи истеъфога чиқарилди  1 13:59Месси МЛСнинг яна бир рекордини ўрнатди  8 12:37Игорь Сергеев: "Уругвайни “иккинчи” таркиб деб ажратиш нотўғри”  10

Ro'ziqul Berdiev: "Bizda etakchilar yo'q. Bu har bir o'yinga tasir ko'rsatyapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bizda etakchilar yo'q. Bu har bir o'yinga tasir ko'rsatyapti"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Bugungi o'yinni faol boshladik. Raqibni xato qilishga majbur qildik. Ushbu xato evaziga raqib futbolchisi qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Biroq, raqib bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng faolligimiz pasaydi. "Neftchi" himoyaviy o'yin ko'rsatadi. Raqib 5 ta himoyachi bilan o'ynasa, pozicion hujumga o'tishga qiynalasiz. SHu bois hujumdagi harakatlarimiz samarasiz bo'ldi. Lekin bugun 3 ochko qo'lga kiritdik, kuchli jamoani mag'lub etdik, barchani tabriklayman.

- Jamoada yo'qotishlarning ko'payib ketayotgani sizni tashvishlantirmayaptimi?

- Albatta, bu og'ir vaziyat. Bizda etakchilar yo'q. Bu har bir o'yinga tasir ko'rsatyapti.

- Bugun Marushich va Oybek Bozorov tarkibda ko'rinmadi?

- Ular mashg'ulotda jarohat olishdi. Bu muskullar bilan bog'liq, ular o'tgan turda ham bizga yordam bera olishmagandi. Keyingi o'yinlargacha ham ularni qaytara olmaymiz, tiklanib olishlari uchun vaqt kerak. Bundan tashqari, Davronov va Silvada ham jarohatlar bor. 

- "Neftchi" boshqa jamoalarga nisbatan ochiqroq futbol taklif etdimi, yo'qmi?

- Yo'q, hammadan ko'ra "Neftchi" himoyaviy uslubni yaxshi o'ynaydi. O'tgan yili ham, bu yil ham bu jamoaga hech kim 2 ta gol urmagan. Bir kishi kam bo'lganda ham ular o'z uslublaridan chekinishmadi. Sabrli jamoa, yaxshi himoyalanib, tezkor qarshi hujumlarga o'tadigan jamoa. Ular 4 ta himoyachi uslubiga o'tishlarini kutgandim, bunday bo'lmadi.

- Bugun siz maydon chetida kam ko'rsatmalar berdingiz, xotirjam ko'rindingiz. Buning sababi nima?

- Yaxshi o'ynadik, raqibni xato qilishga majbur qildik. Balki shu bois bir oz xotirjam ko'rindik.

- "Nasaf" penaltilardan kam gol urayapti. Sizga muxlis yoki mutaxassislardan boshqa futbolchi nomzodini tanlash taklifi bo'ldimi?

- Asosiy penaltichilar maydonda yo'q edi. Muhiddinov ishonch bilan to'pni qo'liga oldi, biroq ura olmadi. Kenjaboev ham tepmoqchi edi. Abduvohid Nematov tepganida doimgi uslubini o'zgartirishi kerak edi.

- Jigauri birinchi bo'limdayoq almashtirilishiga sabab nima?

- Raqib bir kishi kam bo'lib qolgani uchun qanotlarni kuchaytirish maqsadida CHogadzeni maydonga tushirdik.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика